O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fransiya kompaniyalari konsorsiumi O‘zbekiston sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirishga ko‘maklashadi

2021-05-17 | Turizm

O‘zbekiston - Fransiya savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining VIII  yig‘ilishi doirasida «MEDEF International»  fransuz tadbirkorlari harakati bilan hamkorlikda O‘zbekiston - Fransiya biznes-forumi tashkil etildi

O‘zbekiston turizm va sport vazirligi maʼlum qilishicha, unda Fransiyaning “Airbus”, “Poma”,  “Mnd”, “Keran”, “Compagnie des Alpes” kabi yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida  Fransiya G‘aznachiligi va ushbu mamlakatning “Geode-Manie Lives-Compagnie des” kompaniyalari konsorsiumining “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” va  “Alp-Patriarx MVK” qurilish loyihasini hayotga tadbiq etish uchun 47,9 million yevro miqdorida kredit jalb qilish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Shu bilan birga, “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro mavsumiy dam olish maskanini tashkil etishga doir loyihani moliyalashtirish to‘g‘risidagi protokol ham tasdiqlandi. Mazkur dam olish maskanining konsepsiyasi va iqtisodiy modeli “Orex Loisirs”, “Compagnie des Alpes”, “Geode”, “Egis”, “Epode” va “Patriarch” kabi  fransuz kompaniyalari konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ushbu loyihaning umumiy qiymati 480 million dollarni tashkil etib, loyiha doirasida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan, osma ko‘priklar va chang‘i yo‘llarini qurish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, biznes-forum doirasida sayyohlik maskanlari hududida tuya, echki va asalarichilikni rivojlantirish asosida qo‘shimcha xizmat turlarini ham tashkil etish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘zaro yaqin aloqalarni o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться