O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Litsenzion turnirga boradigan 3 nafar taekvondochi tanlab olindi
2021-05-12 | Sport
Xabaringiz bor, shu yil 21-22-may kunlari Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo qitʼasi taekvondochilari o‘rtasida Tokio-2020 uchun so‘nggi litsenzion turnir bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada O‘zbekistondan 3 nafar (2 nafar qiz va 1 nafar o‘g‘il bola) sportchi ishtirok etish huquqiga ega.
O‘zbekiston taekvondo WT terma jamoasi murabbiylar shtabi olib borilgan yig‘inlar va so‘nggi musobaqalardan kelib chiqib, ushbu muhim musobaqada kimlar qatnashishi borasida yakuniy qarorga kelishdi.
Demak, Amman shahridagi litsenzion turnirda O‘zbekiston sharafini Ulug‘bek Rashitov, Nigora Tursunqulova hamda Svetlana Osipova himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, litsenzion musobaqada finalga chiqqan taekvondochilar Tokioda o‘tadigan Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.
Turizm va sport vazirligi uchchala sportchimizga ham litsenzion musobaqada omad tilaydi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi