O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazirning Surxondaryoga tashrifi davomida ko‘plab muammolarga yechim topilmoqda

2021-05-11 | Siyosat

Ayni kunlarda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov tomonidan Surxondaryo viloyatidagi qator mahallalarda “mahallabay” ishlar holati atroflicha o‘rganilmoqda.

Tashrif davomida viloyatning chekka va chegara hududlarida joylashgan, aholi muammolari nisbatan ko‘p mahallalardagi turli aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali mavjud muammolarni o‘rganish, xonadon madaniyatini shakllantirish, ehtiyojmand oila vakillarining muammolarini o‘rganish va hal etish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida ko‘plab ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. 
 
Vazir rahbarligidagi Ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida viloyatdagi mavjud 721 ta mahallalarning 149 tasida ichimlik suvi, 124 tasida ichki yo‘llar, 57 tasida elektr ta'minoti bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlandi. 
 
Ayniqsa, Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod va Qumqo‘rg‘on tumanlarida aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash holati qoniqarli emas. Jumladan, Bandixon tumanidagi “Obod yurt” va “Limonzor” mahallalarida yashovchi aholi 25 km, “Qaldirg‘och” mahallasining aholisi 18 km, Qiziriq tumanidagi “Buyuk kelajak” mahallasi aholisi 27 km, “Bog‘bonlar yurti” mahallasi aholisi 20 km, Muzrabot tumanidagi “Olmazor”, “Dehqonobod”, “Yakkatol” mahallalari aholisi 30 km, “Xalq yo‘li”, “Tong yulduzi”, “Anorzor” mahallalari aholisi 40 km uzoqlikdan ichimlik suvi tashib iste'mol qilmoqda.
 
Umumiy hisobda olganda, viloyatdagi 967 km asfal't yo‘l mukammal ta'mirga muhtoj. Jumladan, Bandixon tumanidagi “Polvontosh”, “Navbahor”, “Navro‘z”, “Obod turmush”, “Quduqsoy”, “Obod yurt”, “Bag‘rikeng”, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Paxtaobod”, “Achamoyli”, “Mehrabod”, Muzrabot tumanidagi “Olmazor”, “Alpomish”, “Mohiyat”, “Chegarachi” mahallalaridagi ichki yo‘llar yaroqsiz holga tushib qolgan.
 
Boysun, Qiziriq, Sherobod va Denov tumanlaridagi mavjud 39 ta ko‘prik yaroqsiz va ta'mirtalab ahvolda.
 
Olib borilgan zarur choralar natijasida hududdagi 28,8 mingga yaqin simyog‘ochlarni almashtirish, 665 ta transformatorni ta'mirlash va quvvatini oshirish, 209 ta yangi transformator o‘rnatish, 1,2 mingdan ortiq tungi yoritkichlar o‘rnatish zarurligi aniqlandi.
 
Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, viloyatdagi 940 ta ikki qavatli uylarning 7 tasi avariya holatda, 36 tasining tom qismi yaroqsiz, 148 tasining fasad va pod'ezdlari ta'mirlanmagan. Xususan, 61 ta ikki qavatli uylar hovlisida obodonlashtirish ishlarini olib borish, Muzrabot tumanidagi “Chegarachi” mahallasidagi 47 ta xonadonning kadastr hujjatlarini qayta tiklash, Sherobod tumanidagi “Chuqurko‘l”, “Yaxshiko‘l”, “Dehqonobod”, “Gichirdoq” mahallalaridagi mavjud ko‘priklarni qayta ta'mirlash lozimligi belgilab olindi.
 
Vazir R.Mamatov aholi turmush darajasini oshirish maqsadida viloyatdagi aniqlangan mavjud muammolarni tez fursatlarda bartaraf etish, buning uchun keltirib o‘tilgan mahallalarga kerakli ishchi kuchi va infratuzilmani jalb qilish bo‘yicha mahalliy hokimliklar va soha mutasaddilari bilan hamkorlikda muhim choralarni amalga oshirmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться