O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nihoyat “Paxtakor” futzalda ham O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi

2021-05-11 | Sport

Uch kun davomida Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasi hamda “Bunyodkor” futbol akademiyasi sport zallari futzal ishqibozlari bilan gavjum bo‘ldi. Bu yerda mamlakat chempionatining 16-tur o‘yinlari o‘tkazilib, joriy yilgi mavsumga yakun yasaldi.

So‘nggi kungi o‘yinlarda butun mavsum davomida peshqadamlikni qo‘ldan boy bermagan “Paxtakor” jamoasi Qarshining “Nasaf” klubi futzalchilari bilan kuch sinashdi. Ushbu o‘yinda har qanday hisobda qozoniladigan g‘alaba “Paxtakor”ni o‘z tarixida ilk marotaba mamlakat chempioniga aylantirsa, durang yoki mag‘lubiyat esa jamoa uchun qimmatga tushishi muqarrar edi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida qarshiliklar chempionat peshqadamiga munosib raqobat taqdim etishdi va o‘yinda hisob ochilmadi. Ammo, tanaffusda murabbiylaridan tegishli ko‘rsatmalar olgan poytaxt jamoasi yakunda yirik – 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa mavsum yakunida 119 ochko to‘plagan “Paxtakor” ilk bor bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. 118 ochko to‘plagan AGMK kumush, 98 ochko jamg‘argan “Huaxin-Jizzax” jamoasi esa bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha ham eng yaxshilar aniqlandi:

Eng yaxshi to‘purar – Akbar Usmonov (“Paxtakor”, 64ta gol)

Mavsum kashfiyoti – Muhammadbobur Rahmonberdiyev (“Stroitel-Zarafshon”)

Eng yaxshi murabbiy – Aleksandr Petrov (AGMK)

Eng yaxshi darvozabon – Rustam Umarov (AGMK)

Eng foydali o‘yinchi – Anasxon Rahmatov (AGMK).

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться