O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Urganchda «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarga maishiy texnika vositalari tarqatildi
2021-05-10 | Yoshlar
Urganch shahrida «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida Vasiylik kengashi tashkil etildi.
Urganch shahar hokimligida «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 45 nafar yoshlarga maishiy texnika vositalari tarqatildi. Xususan, 31 nafar yoshlarga tikuv mashinasi, 9 nafar yoshga muzlatgich va 5 nafariga mikro pechlar tarqatildi. Shuningdek, tadbirda Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyev so‘zga chiqib, yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, munosib daromad olishi uchun ularga sharoit yaratib berish, «Yoshlar daftari»dagi yoshlar uchun ajratib berilgan vositalardan to‘g‘ri foydalana olishlari, mustaqil ravishda tadbirkor bo‘lib, oyoqqa turishlarida amaliy ko‘mak berish borasidagi vazifalar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Manba: O'zA