O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

5 muhim tashabbus amalda: Qo‘shko‘pirda sunʼiy qoplamali futbol maydoni foydalanishga topshirildi

2021-05-10 | Sport

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi bevosita jismoniy tarbiya va sportga qaratilgan bo‘lib, mamlakatimizda ushbu yo‘nalishda ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanidagi "Taraqqiyot" mahallasida sunʼiy qoplamali futbol maydoni foydalanishga topshirildi. Maydonchaning ochilish marosimida tuman hokimligi mutasaddilari, nuroniy otaxonlar, ustozlar hamda sport ixlosmandlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqan yoshi ulug‘ insonlar bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarga havas qilishini, shuning uchun bu imkoniyatlardan samarali foydalanish kerakligini alohida taʼkidlab, ertamiz egalarini doimiy ravishda sport bilan shug‘ullanishga chaqirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться