O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

IVI Bosh direktori O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tashkil etiladigan COVID-19 bo‘yicha 1-xalqaro ilmiy kongressda ishtirok etishini maʼlum qildi

2021-05-10 | Sog‘liqni saqlash

O‘zbekiston diplomatlari Janubiy Koreya poytaxtida Xalqaro vaksina instituti (The International Vaccine Institute – IVI) bosh direktori Jerom Kim uchrashdi. Unda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

IVI 1997-yilda BMT tashabbusi bilan o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan. Bosh qarorgohi Seulda joylashgan mazkur institut 36 davlat va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan imzolangan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi muxtor va mustaqil notijorat xalqaro tashkilot hisoblanadi.

Xalqaro ilmiy hamjamiyat, sog‘liqni saqlash tashkilotlari, hukumatlar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda IVI vaksina ishlab chiqarishning barcha bosqichi — laboratoriya tadqiqotlaridan tortib yangi vaksinani ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonda qatnashadi. Institut vaksinaga eng ko‘p ehtiyoj sezayotgan mamlakatlarda uni barqaror tarzda joriy qilishga ham yordam beradi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va IVI o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni yana-da kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Jerom Kim O‘zbekistonga 1997-yil may oyidan boshlab IVI faoliyatida unga aʼzo mamlakat sifatida ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Shu bilan birga, u tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da faollashtirish zarurligini taʼkidladi. J.Kim Xalqaro vaksinalar instituti O‘zbekiston bilan amaliy hamkorlikning amaliy yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi ikki tomonlama hujjat imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqish taklifini bildirdi.

Bundan tashqari, IVI bosh direktori O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan 1-4-iyun kunlari onlayn shaklda o‘tkaziladigan COVID-19 bo‘yicha birinchi xalqaro ilmiy kongressda ishtirok etishini tasdiqladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться