O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlar mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani

2021-05-08 | Yoshlar

Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus bo‘yicha shahrimizda olib borilayotgan ishlar, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, yoshlarning bandligini ta'minlash, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 
Matbuot anjumanida Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi hamda Toshkent shahar Xalq ta'limi bosh boshqarmasi mutasaddilari hamda OAV ishtirok etdilar.
 
Anjumanda dastlab OAV vakillariga yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iste'dodli avlodni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-ijodiy faoliyati uchun sharoit yaratish, yoshlar orasida sportni ommalashtirish hamda band bo‘lmaganlarini ish bilan ta'minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot berildi.
 
Tadbirda “Yangi hayot” NNT rahbari, bloger Saodat Abduzakirova bugungi kunda mahallalarda yoshlar bilan ishlar yetarli darajada tashkil etilmaganiga e'tibor qaratib, mutaxassislardan bu masalada nimalar rejalashtirilganligini so‘radi.
 
Ushbu savolga Toshkent shahar Xalq ta'limi bosh boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Farog‘at Ahmadjonova hamda Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi Shukurillo Anvarov javob berar ekan, bu yo‘nalish mutasaddilarning diqqat markazida ekanligi, Yoshlar ittifoqi mahallalarda ham yetakchilar faoliyatini yanada jonlashtirish, Xalq ta'limi esa ta'lim muassasalari va mahalla hamkorligini mustahkamlash orqali mahallalardagi yoshlarga yanada ko‘proq e'tibor qaratishlarini aytib o‘tdi.
 
Anjumanda yoshlar tadbirkorligi, ular olishi mumkin bo‘lgan imtiyozli kreditlar, bandligini ta'minlash va boshqa qator savollarga javob berildi. Jumladan, 5 muhim tashabbus doirasida madaniyat markazlari, ta'lim muassasalari, sport obyektlarida 2 877 ta to‘garaklar ochilib, ularga 79 334 nafar yoshlar jalb qilingani ma'lum qilindi. Shuningdek, Toshkent shahridagi mahallalarda 71 ta sport maydonlari, 117 ta Street workout maydonchalari barpo etilgani va bugungi kunda sport seksiyalar soni 3 830 taga yetkazilib, ularda 194 mingga yaqin yoshlar shug‘ullanayotgani aytib o‘tildi.
 
2021-yilning yanvar-aprel oylari davomida tumanlardagi uyushmagan, ishsiz yoshlarning 5 665 nafarini ishga joylashtirish, 3 876 nafarini “1+1” dasturi doirasida tadbirkorlarga biriktirish hamda 6 747 nafarining o‘zini-o‘zi band qilishga ko‘maklashish orqali (jami 21 152 nafar yoshlar) bandligi ta'minlanganligi qayd etildi.
 
Shuningdek, 1 359 nafar yoshlarning tadbirkorlik loyihalariga 148 mlrd. 386 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgani hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1 146 nafar yoshlarga “Yoshlar daftari jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 1 mlrd. 675 mln.so‘m pul mablag‘lari ajratilgani ham qo‘shimcha qilindi.
 
Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться