O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ot sporti: uchkurash yo‘nalishida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida mamlakat chempionlari aniqlandi
2021-05-07 | Sport
Shu yilning 3-6-may kunlari Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Universal Jumping Agro” ot sporti klubida ot sportining uchkurash yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida mamlakat chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahridan iqtidorli yosh chavandozlar g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib borishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘smirlar o‘rtasida buxorolik Umid Vafoyev "Maksimal" laqabli tulporida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yoshlar orasida esa "Kross" laqabli otida ishtirok etgan qashqadaryolik Abror Esonovga teng keladigan raqib topilmadi.
Shuni alohida qayd etish joiz, Esonov o‘z omadini "Miragi" laqabli tulporida ham sinab ko‘rdi va bu chiqishi unga kumush medalni taqdim etdi.
Quyida ot sportining uchkurash yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:
O‘smirlar:
1. Umid Vafoyev (Buxoro) – "Maksimal" laqabli tulporda,
2. Yelizaveta Karachan (Toshkent sh.) – "Artur-2",
3. Maksim Dvoryanskiy (Toshkent sh.) – "Allagir".
Yoshlar:
1. Abror Esonov (Qashqadaryo) – "Kross",
2. Abror Esonov (Qashqadaryo) – "Miragi",
3. Eldor Erkinov (Farg‘ona) – "Farishta".
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi