O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona postida «E-TIR» loyihasi ishga tushirildi

2021-05-06 | Xavfsizlik sohasi

Davlatimiz tomonidan bojxona organlari ilg‘or va innovasion texnologiyalarni keng tadbiq etish va sohani raqamlashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-iyundagi “Bojxona ma'muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6005-sonli Farmoni bojxona ma'muriyatchiligini isloh etish, «qog‘ozsiz va elektron bojxona»ning mantiqiy davomi va rivojlanishi bo‘lgan «raqamli bojxona»ni shakllantirishga munosib xizmat qilmoqda. 
 
Mazkur Farmon bilan tasdiqlangan 2020-2023-yillarda bojxona ma'muriyatchiligini isloh qilish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosi doirasida bojxona proseduralarini raqamlashtirish bo‘yicha rejali ishlar olib borilmoqda.
 
Konsepsiyada xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladigan qator tadbirlar belgilab olingan.
 
Shulardan biri, O‘zbekiston Respublikasida TIR-karnet kitobchalari asosida tashuvlarni elektron rasmiylashtirishni nazarda tutuvchi «E-TIR» loyihasini joriy etishni nazarda tutadi.
 
Shu munosabat bilan, joriy ilning 5 may kuni Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona postida mazkur loyihaning dastlabki taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
 
Mazkur «E-TIR» loyihasi esa qonuniylikni ta'minlash, davlat byujetiga bojxona to‘lovlarini to‘g‘ri va to‘liq undirish, bojxona qonunbuzilishlariga chek qo‘yish kabi vazifalar bilan bir qatorda bojxona rasmiiylashtiruvini yengillashtirish orqali tashqi savdoni jadallashtirish imkonini beradi.
 
Ayni shu jihati bilan «E-TIR» loyihasi bojxonachilar, tashuvchilar va albatta tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining manfaatlariga birdek xizmat qiladi.
 
Elektron TIR loyihasi - xalqaro «E-TIR» tizimi 1975-yil Jenevada imzolangan “Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi Bojxona konvensiyasi qoidalariga muvofiq milliy bojxona tizimlari o‘rtasida tovar va transport vositalari, konteynerlarning xalqaro tranziti uchun xavfsiz ma'lumotlar almashinuvini ta'minlashga xizmat qiladi.
 
Ta'kidlash joizki, «E-TIR» pilot loyihasi dastlabki bosqichda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida "Yallama” chegara bojxona postida ishga tushirildi. Davomini esa biz bugun O‘zbekiston va Todjikiston chegarasidagi “Oybek” chegara bojxona postida ko‘rishimiz  mumkin.
 
Bir so‘z bilan aytganda, «E-TIR» tizimining joriy etilishi tashqi savdoda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish, mamlakatning eksport va tranzit salohiyatini oshirish, shuningdek, ishonchli va xavfsiz yo‘l transporti koridorlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Поделиться