O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vaziri o'rinbosari A.Ikramov boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog'iston Respublikasida o'rganish ishlarini olib bormoqda

2021-05-06 | Xavfsizlik sohasi

Joriy yilning 5-may kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor A.I.Ikramov To'rtko'l tumani Ichki ishlar bo'limi tomonidan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, kadrlar bilan ishlash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Jumladan, general-mayor A.Ikramov To'rtko'l tumani Ichki ishlar bo'limi ma'rifat xonasini, ma'rifat xonasida tashkil etilgan kutubxona hamda ichki ishlar bo'limi binosida joylashgan “Vatanparvarlik burchagi” To'rtko'l tumani va ichki ishlar bo'limi tarixi, jangovar urushlarda qatnashgan ichki ishlar xodimlari, xizmat vaqtida vafot etgan xodimlar, ichki ishlar bo'limi xodimlarining yutuqlari haqidagi ma'lumotlar bilan ko'zdan kechirdi.

Shuningdek, tuman IIB boshlig'ining tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari mayor Sh.Amanov tomonidan shaxsiy tarkib bilan ishlash bo'yicha olib borilayotgan ishlari yuzasidan prezentatsiyasi namoyish etildi.

Vazir o'rinbosari general-mayor A.Ikramov Beruniy va ellikqal'a tumanlarida ham bo'lib mazkur yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi va xodimlarining ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini yuksaltirish, ularni sport bilan shug'ullanishlari uchun sharoit yaratish va kitobxonlikka yo'naltirish orqali kasbiy salohiyatini oshirish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi

Поделиться