O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida shaxmat burchagi tashkil etildi

2021-05-06 | Sport

Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti (O‘zJOKU) hovlisida Turizm va sport vazirligi ko‘magida shaxmat burchagi tashkil etildi.

2021-yil O‘zbekiston Prezidenti tomonidan "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb eʼlon qilindi va bu borada maxsus Davlat dasturi ishlab chiqildi. Ushbu Dastur ijrosi yuzasidan 3-7-may kunlari mamlakatimizda "Yangi O‘zbekiston. Yangi nigoh" mavzusida mediahaftaligi o‘tkazilmoqda. 5-may kuni mediahaftalik doirasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "Jurnalist kadrlar tayyorlash masalalari" mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi va turli memorandumlar imzolandi, shuningdek oliygoh bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirga hukumat aʼzolari, elchilar, xorijiy vakolatxonalar vakillari, Oliy taʼlim muassasalari rektorlari, yetakchi xorijiy hamda mahalliy jurnalistlar va OAV vakillari taklif etildi. Jumladan, tadbirda Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avazjon Karimov ham ishtirok etdi. 

"O‘zbekistonda shaxmat sport turiga yuksak eʼtibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan «Shaxmatni yana-da rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 4954-sonli qarorning imzolanishi ham shundan dalolat beradi. Mana bugun universitetga kelganimizda har bir sohaga alohida eʼtibor qaratilib, ularning maxsus maydonlari borligiga guvoh bo‘ldik. Shular qatorida shaxmat maydonining tashkil etilganligi yurtimizda sport sohasiga bo‘lgan eʼtibor hamda yosh avlodda aql gimnastikasiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishdan dalolat beradi. O‘ylashimcha, har bir muassasada shu kabi shaxmat yoki sport maydoni bo‘lishi mamlakatimizda sog‘lom turmush tarziga amal qiluvchilar sonining o‘sishiga olib keladi», - dedi vazir o‘rinbosari.

Shu o‘rinda A.Karimov OAV vakillarining sport sohasini rivojlantirish yo‘lida vazirlik bilan hamohang ishlab kelayotgani va sport tadbirlarini faol yoritayotganini alohida eʼtirof etib, buning uchun ularga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda jurnalistika taʼlim yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan Oliy taʼlim muassasalari, agentlik va tele/radiokompaniyalar o‘rtasida memorandumlar imzolandi.

Unga ko‘ra, tomonlar bilan o‘quv jarayoni, o‘quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, takomillashtirish va rivojlantirish, yuqorida qayd etilgan oliy taʼlim muasassasalari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish masalalarini muvofiqlashtirish memorandumning bosh maqsadi etib belgilandi.

Shuningdek, tadbir doirasida mehmonlar universitet o‘quv bazasi bilan tanishtirilib, ko‘rgazmali mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Shunisi diqqatga sazovorki, universitet hududida tashkil etilgan shaxmat burchagi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bugun biz bemalol dunyoga o‘zimizning ikki sport turimizni olib chiqqanligimiz bilan faxrlansak arziydi. Bular – shatranj (yoki bugungi kunda shaxmat) hamda kurash sport turlaridir.

Eʼtiborlisi, bo‘lajak jurnalistlar darslardan bo‘sh vaqtlarida ochiq osmon ostida, toza havoda shaxmat o‘ynab, o‘z aql-zakovati, tafakkurini yana-da boyitishlari mumkin.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться