O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kamondan otish: o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi

2021-05-06 | Sport

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2021-yil uchun Respublika kalendar rejasiga asosan, Respublika olimpiya zaxiralari kollejida kamondan otish bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi.

Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida tashkil etildi.

Mamlakat chempionatida ishtirokchilar (70+70) mashqi, Mix, Olimpik raund, jamoa bellashuvi bo‘yicha o‘zaro musobaqalashadi.

Musobaqada respublikamizning Navoiy, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand viloyatlari hamda Toshkent shahridan kelgan o‘smirlar va qizlar 70 metr masofali nishonlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

Musobaqa 8-mayga qadar davom etadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться