O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tabarruk insonlarning duosini olishda hikmat ko'p
2021-05-05 | Madaniyat
Navbatdagi yo'nalish Zangiota tumani bo'ldi. Viloyat hokimi Davron Hidoyatov Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Esonali Mo'ydinovni 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tabriklash maqsadida otaxonning xonadoniga tashrif buyurdi
Urushning suronli yillarini boshidan o'tkazgan nuroniy bilan mehr-oqibat, Vatanga sadoqat, farzandlar baxtu kamoli xususida suhbatlashildi. Viloyat hokimi urush faxriysiga Prezidentimiz tomonidan yo'llangan tabrikni o'qib eshittirdi hamda davlatimiz tomonidan ajratilgan pul mukofoti va sovg'a-salomlarni topshirdi. Faxriylarimizning shonli hayot yo'li, boshidan kechirganlari barchamiz uchun ibrat bo'lishi kerak. Ularga mehr oqibat ko'rsatish, duolarini olishda hikmat ko'p,- dedi Davron Hidoyatov.
Manba: Tоshkеnt vilоyati hоkimligi