O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy Osiyo davlatlarida suv xo‘jaligi bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib boriladi

2021-05-05 | Ekologiya

4-may kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida Suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlatlararo komissiyaning Ilmiy-axborot markazi direktori Viktor Duxovniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Markaziy Osiyo davlatlaridagi suv xo‘jaligi holati, mintaqada ekologik vaziyatni yaxshilash, suv va atrof-muhit masalalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 24-avgust kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining ta’sischi davlatlari rahbarlari sammitidagi nutqida suv xavfsizligi va mintaqani barqaror rivojlantirish bo‘yicha bir qator tashabbuslarni ilgari surgani ta’kidlandi.

Markaziy Osiyo xalqaro instituti tarkibida suv-ekologik tadqiqotlar bo‘limi faoliyat olib bormoqda. Uchrashuvda mintaqa davlatlari o‘rtasida suv va ekologiya sohasidagi hamkorlik muhitini yaratish va ishonchli chora-tadbirlarni amalga oshirish, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanishda mavjud muammolarga yechim topish kabi maqsadlar belgilab olindi.

Bundan tashqari, ushbu masala bo‘yicha ekspert guruhlari va mintaqa davlatlari ilmiy jamoatchiligi o‘rtasida muloqot maydonini shakllantirish muhim vazifa hisoblanadi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar  mintaqa mamlakatlari  hamkorligida qo‘shma tadqiqot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 

Ma’lumot uchun: Davlatlararo muvofiqlashtirish ilmiy-axborot markazi suv xo‘jaligini rivojlantirish, boshqaruvni takomillashtirish va Orol dengizi havzasida ekologik vaziyatni yaxshilash masalalari bo‘yicha axborot- tahlil markazi hisoblanadi.

Ushbu markaz Xalqaro Orolni qutqarish jamg‘armasining tarkibiy bo‘linmasi sanaladi. Markazning filiallari mavjud bo‘lib, mintaqa davlatlaridagi ilmiy va loyihalash tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlaydi.

Manba: O'zA

Поделиться