O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AKT: saylovchilar uchun yangi qulayliklar

2021-05-04 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i Sherzod ALIMOVdan Saylov jarayonlarini boshqarish axborot tizimi hamda Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida quyidagilarni so‘zlab berdi.

-Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (SYaER) va Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini (SJBAT) yanada takomillashtirish orqali fuqarolarning doimiy va vaqtinchalik yashash joylari, hududlar, ko‘chalar, uylar va xonadonlarning nomlari hamda raqamlarining elektron shaklda aniq-ravshan belgilanishini taqozo etadi.
 
Bu borada Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda saylov jarayonlariga ilg‘or axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish va ularni takomillashtirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Ichki ishlar vazirligining “Xatlov” va “Manzil” bazasidagi ma'lumotlarni yangilash maqsadida joylarda Ichki ishlar vazirligi, Kadastr, Mahalla vazirligi va mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda xatlovni amalga oshirish uchun o‘n to‘rt ma'muriy hududda va 206 tuman/shaharda shtablar tashkil etildi.
 
Ularning tarkibi bo‘yicha ma'lumotlar umumlashtirildi. Xususan, yashash manzilida ro‘yxatda bo‘lmagan va vafot etgan fuqarolarni chiqarib tashlash, shuningdek amalda yashab turgan, lekin ma'lumotlar bazasida bo‘lmagan fuqarolarni kiritish ishlari olib borildi.
 
- Xorijiy davlatlarda doimiy yoki vaqtincha yashayotgan vatandoshlarimiz saylovda ishtirok etishlari uchun qanday axborot kommunikasion qulayliklar yaratiladi?
 
- Xabaringiz bor, avvallari saylovlarda faqat konsullik vakolatxonalaridan rasman ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbekistonliklar o‘zlarining konstitutsiyaviy huquqlaridan foydala olgan. Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga binoan, endilikda,  chet davlatlarda istiqomat qilib turgan vatandoshlarimiz diplomatik vakolatxonalarning konsullik hisobida bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat'i nazar, saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi va xorijiy mamlakatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyida ko‘chma qutilar orqali ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.
 
Xorijiy davlatlarda doimiy yoki vaqtincha yashayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini chet eldagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari huzurida tashkil etiladigan saylov uchastkalarining saylovchilar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha elektron murojaat qilish imkonini beruvchi xizmatni joriy etiladi. Shu maqsadida Tashqi ishlar vazirligining saytida saylov.mfa.uz kommunikatsion tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda.
 
Mazkur xizmat saylov qonunchiligida belgilangan muddatlarda to‘liq ishga tushiriladi.

Manba: Markaziy saylov komissiyasi

Поделиться