O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qarshi shahridagi ko‘plab fuqarolar murojaati vazir tashabbusi bilan hal etildi

2021-05-04 | Jamiyat

Bugun yurtimizning har go‘shasida o‘ziga xos obodonlashtirish ishlari, shu bilan birga aholi murojaatlari asosida joylarda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarga o‘ziga xos yondashuv asosida yechim topish amaliyoti keng suratlarda hayotga joriy etilmoqda.

Bu ezgu anana ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatining qator mahallalari qiyofasi va aholisi turmush darajasini yaxshilash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar misolida ham yaqqol ko‘rinib turibdi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov boshchiligidagi Ishchi guruh a'zolarining kuni kecha viloyatning Qarshi shahridagi “Beglar” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borgan o‘rganisho‘lari davomida hududdagi ko‘plab muammolarga amaliy yechim topildi. Jumladan, mahalladagi 28 ta ko‘chada obodonlashtirish ishlari olib borilib, 2000 dan ortiq daraxtlarga turli shakllar berildi.
 
Hududdan 15 tonnaga yaqin chiqindi mahsulotlari olib chiqib ketildi, 130 ga yaqin xonadon devorlari oqlanib, 230 ta xonadon tomorqa yerlariga ekin ekilishiga ko‘maklashildi. Mahallada joylashgan 5 ta ko‘p qavatli uylar atrofi tartibga keltirilib, 42 ta xonadon, xususan, Shoniyoz Qurbonov, Mehriniso Ahmedova, Matluba Majidova, Davron Radjabov kabi ko‘plab ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning turar-joy uylari ta'mirlab berildi. Guliston va Sardoba ko‘chalari atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilib, tartibga keltirildi. Hududdagi ixtisoslashgan madaniyat maktabi hamda 7-umumta'lim maktabidagi bo‘sh yer maydonlariga ishlov berilib, turli ko‘chatlar ekishga ko‘maklashildi. 
 
Mahallada yashovchi, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga turli ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi. Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 2 nafar xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirildi. 1 nafariga huquqiy, 4 nafariga moddiy yordam berilib, 8 nafariga tikuv mashinasi, 4 nafariga mikroto‘lqinli pech' taqdim etildi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 7 ta yoshlar bandligi ta'minlangan bo‘lsa, 1 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi. 10 ga yaqin  yoshlarning kredit olib tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha bildirgan takliflari qo‘llab-quvvatlanib, ularga zarur ko‘mak berish bo‘yicha shahar mas'ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
 
Turli aholi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan qator takliflar asosida Sardoba ko‘chasida yashovchi Q.Raximov, B.Safarov, Kim Olga, Elobod ko‘chasida yashovchi O.Xakimov, Sh.Yagmurov, Balandnov ko‘chasida yashovchi Z.Muhammadievalarning toza ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolari shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi. Guliston ko‘chasida yashovchi Go‘zal Bozorova, Dilshod Amanov, Hurbuvi Turdieva, Sanjar Bozorov, Tojigul Bozorova, Zulayho Usmonova, Abdulaziz Qurbonov, Lutfiya Haitova, Mahkam Saidova, Orzu ko‘chasida yashovchi Gulnora Bozorova, Marziya Ismoilova, Darvozaguzar ko‘chasida yashovchi Runiza Shodieva hamda Balanov ko‘chasida yashovchi Guljahon Pardaevalarning murojaatlari o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqildi hamda ularda bildirilgan muammolarni tez fursatda hal etish choralari belgilab olindi.
 
Vazir R.Mamatovning “Beglar” mahallasiga tashrifi davomida Ochiloy Yuldoshevaning o‘g‘li Ulug‘bek Berdievni jamoatchilik asosida ish bilan ta'minlash bo‘yicha qilgan murojaatiga shu kunning o‘zida ijobiy yechim topildi. A.Temur ko‘chasida joylashgan 134-yotoqxonada istiqomat qiluvchi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan Gulchehra Nazarovaga o‘z murojaatiga muvofiq ravishda zamonaviy tikuv mashinasi sovg‘a qilindi. Bir so‘z bilan aytganda, hududdagi barcha fuqarolarning murojaatlariga imkon qadar to‘la yechim topish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirildi. Eng muhimi, ko‘rilayotgan choralar natijasi o‘laroq aholining bugungi kunidan rozi bo‘lib yashashi uchun ularning hayotida qandaydir o‘zgarish yasash imkoniyati yaratilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться