O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Navoiydagi “Masdar” loyihasida elektrotexnika sanoati korxonalari hamkorligi muhokama qilindi

2021-05-04 | Iqtisodiyot

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Buyuk Britaniyaning «Juru Energy» kompaniyasi boshqaruv direktori Botir G‘ofurov hamda Xitoy Xalq Respublikasining “SEPKO III” LTD kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha bosh vakili Shi Xang bilan muzokara olib bordi

Maʼlumki, ushbu ikki kompaniya energetika sohasida, xususan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyalarni qurish bilan shug‘ullanib keladi.

Xitoyning «SEPCO III» kompaniyasi Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatida qurilayotgan 100 MVtlik fotoelektrik stansiyasining qurilish loyihalari uchun bosh pudratchi hisoblanadi. Xorijiy kompaniya vakillari O‘zbekiston hukumati tomonidan mamlakatda qayta tiklanadigan energiya manbalarini qurish bo‘yicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlarini yuqori baholagan holda O‘zbekiston tomonidan umumiy quvvati 1,5 GVt bo‘lgan qayta tiklanadigan energetika stansiyalarini qurish bo‘yicha hamkorlik rejalariga to‘xtalib o‘tdi.

Taʼkidlash joizki, umumiy maydoni 268 gektar bo‘lgan mazkur obyektda texnologik uskunalar, panellar, invertor va transformatorlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Fotoelektrik stansiyasi joriy yilning 1 sentyabrda ishga tushirilishi kutilmoqda. Loyiha doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi qariyb 100 million dollarni tashkil etadi. Fotoelektrik stansiyasining ishga tushirilishi yiliga 260 million kVt/soat miqdorida elektr energiyasini ishlab chiqarish imkonini beradi.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalar bilan “SEPCO III” korporatsiyasi o‘rtasida “Masdar” kompaniyasining yirik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlatiladigan mahalliy butlovchi qismlar va boshqa elektrotexnika qurilmalarini kooperatsiya yo‘li bilan yetkazib berish imkoniyatlari qizg‘in muhokama qilindi hamda hamkorlikni boshlash yuzasidan aniq mexanizmlarni kelishib oldi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться