O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda mini-futbol bo‘yicha "Viloyat hokimi kubogi" musobaqasi o‘tkazildi

2021-05-03 | Sport

Namangan viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini taʼminlash, viloyatda futbolni yana-da ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida hududdagi korxona-tashkilotlar xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha "Viloyat hokimi kubogi" musobaqasi tashkil etildi.

30-aprel kuni qura tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimining Turizm va sport, madaniy-meros, ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botirjon Nuriddinov ishtirok etib, barcha qatnashchilarni musobaqa qoidalari bilan yaqindan tanishtirdi. Musobaqada viloyatdagi korxona-tashkilotlardan jami 24ta jamoa ishtirok etish istagini bildirdi. Jamoalar 8ta guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishdi.

Musobaqa 1-2-may kunlari Namangan viloyati futbol mahorat maktabining suniy qoplamali maydonida tashkil etilib, avvaliga guruh bosqichi, so‘ngra chorak hamda yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi. Guruh bosqichi yakuniga ko‘ra, quyidagi jamoalar chorak finalga yo‘l olishdi:

A1: Namangan viloyati iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi;

V1: Namangan viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi;

S1: Namangan viloyat qurilish bosh boshqarmasi;

D1: Namangan viloyat Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi;

E1: Namangan viloyat elektroenergiyasi AJ;

F1: Namangan viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi;

G1: Namangan viloyat hokimligi Moliya bosh boshqarmasi;

H1: Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Namangan viloyat boshqarmasi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan chorak final bosqichida Namangan viloyat elektroenergiyasi AJ, Namangan viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi, Namangan viloyat qurilish bosh boshqarmasi hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Namangan viloyat boshqarmasi yarim finalga yo‘l olishdi.

Final ostonasida energetiklar Qurilish boshqarmasi ustidan 4:2 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, Xalq taʼlimi boshqarmasi xodimlari esa byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi xodimlariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi – 6:0.

Shu tariqa finalda Namangan viloyat elektroenergiyasi AJ Xalq taʼlimi boshqarmasiga qarshi maydonga tushsa, bronza medali uchun Qurilish bosh boshqarmasi hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

Final va 3-o‘rin uchun o‘yinlar 7-may kuni tashkil etiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться