O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nuroniy va faxriylar ishtirokidagi ma'rifiy tadbirlar

2021-05-03 | Jamiyat

Kuni kecha Buxoro viloyati Kogon shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamda qator davlat va jamaot tashkilotlari hamkorligida shahardagi mavjud 22 ta mahallalarning “Keksalar maslahati” guruhi, “Buvijonlar maktabi” a'zolari, faol nuroniylar va yoshlar ishtirokida “Har bir nuroniy — besh nafar yoshga murabbiy” mavzusida qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazildi. 

 
Aytish joizki, shahardagi 102 nafar tarbiyasi og‘ir, uyushmagan, ma'naviy ko‘makka muhtoj va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar mahallalardagi 23 nafar faol faxriy keksalarga biriktirib berilgan. Tadbir avvalida “Har bir nuroniy — besh nafar yoshga murabbiy” tamoyili asosida yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish va “Ustoz-shogird” an'anasi asosida hunarga o‘rgatish maqsadida yarmarka hamda “Mening shonli yo‘lim” mavzusida Ichki ishlar organlari faxriylari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida nafaqadagi podpolkovnik Obit Xafizov va boshqa faxriylar o‘zlarining mashaqqatli hayot yo‘li haqida yoshlarga so‘zlab berdi. 
 
 
Shundan so‘ng Kogon shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida mahallalardagi yoshlar va nuroniylar ishtirokida “Aql charxi” shaxmat-shashka sport musobaqasi tashkil qilindi. Shuningdek, “Navzirobod” mahalla fuqarolar yig‘inida “Momolarning o‘lmas me'rosi” nomi ostida folklor yo‘nalishida qator sahna chiqishlari namoyish etildi. Mahallada yashovchi yoshlar va momolardan iborat folklorchi guruhlarning mazkur chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida yurtimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shib, ko‘plab malakali shogirdlar yetishtirib chiqargan faxriy pedagoglar holidan xabar olindi hamda ularga turli esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться