O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston elchixonasi: Indoneziya universiteti mamlakatimiz fuqarolari uchun 9 ta ta’lim grantini ajratadi.

2021-04-30 | Ta’lim

Kecha O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchixonasida Singaperbangsa Karavang (Universitas Singaperbangsa Karawang) universitetining xalqaro hamkorlik bo‘limi rahbari Fardiax O Lubis bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Tadbirda O‘zbekiston vakillari uchun bakalavr dasturi doirasida tahsil olish uchun universitetning 9 ta maxsus ta’lim grantini ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ta’lim granti har bir talaba uchun 4 yillik o‘qish davrini nazarda tutadi, u xalqaro havo qatnovi, ta’lim olish, viza va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi. Bundan tashqari, 2,5 million Indoneziya rupiysi (taxminan 180 AQSh dollari) miqdorida oylik stipendiya va yotoqxonada yashash uchun har oyda 1,5 million Indoneziya rupiysi (taxminan 110 AQSh dollari) beriladi.

Ta’lim olish uchun taklif etilgan yo‘nalishlar:

1. Yurisprudensiya fakulteti – yurisprudensiya.

2. Iqtisodiyot fakulteti - buxgalteriya hisoboti.

3. Pedagogika va ta’lim fakulteti – ingliz tili.

4. Qishloq xo‘jaligi fakulteti - agrotexnologiyalar va agrobiznes.

5. Islomshunoslik fakulteti – islom ta’limoti.

6. Muhandislik fakulteti – elektr muhandisligi.

7. Kompyuter texnologiyalari fakulteti - informatika.

8. Siyosatshunoslik fakulteti - jurnalistika va kommunikatsiya tadqiqotlari.

9. Tibbiyot fakulteti - diyetologiya.

Qabul uchun hujjatlar to‘plami:

1. So‘nggi 5 semestr (maktab, litsey va kollej bitiruvchilari) baholari.

2. Attestat yoki diplom.

3. Tavsiyanoma (ta’lim muassasasidan).

4. Tibbiy ma’lumotnoma.

5. Ariza (Motivation letter).

6. Talabgorning kafolat xati (o‘qishdan boshqa maqsadlarni ko‘zlamaslik haqida).

7. IELTS sertifikati (5 b.).

8. Pasport nusxasi.

9. Foto 3x4 (2 dona.).

10. Barcha hujjatlar ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo‘lishi shart.

- Dastur veb-sayti: https:https:/https://pmb.unsika.ac.id/international-undergraduate-program-iup-scholarship/ 

- Anketalarni to‘ldirish: http://bit.ly/AppFormIUP-UNSIKA

- Hujjatlar shabloni: http://bit.ly/TemplatesIUP-UNSIKA

-  O‘quv rejasi: http://bit.ly/CurriculumIUP-UNSIKA / http://bit.ly/ProspectusIUP-UNSIKA

Hujjatlarni topshirish muddatlari:

1. Barcha hujjatlarni topshirish - 2021-yil 24-iyun

2. Komissiyasining dastlabki qarori - 2021-yil 24-iyun

3. Onlayn-intervyu – 2021-yil 1-2- iyul

4. Natijalarni e’lon qilish - 2021-yil 6-iyul

5. Viza olish – 202-yil 25-30-iyul

6. Karavangga (Indoneziya) yetib kelish – 2021-yil avgust

7. O‘quv yili boshlanishi - 2021-yil sentyabr.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться