O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

"Sportni sev, sport bilan yasha!": Qashqadaryoda shaxmat bo‘yicha viloyat final bosqichi g‘oliblari aniqlandi

2021-04-30 | Sport

Xabar berganimizdek, Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli Madaniyat va istirohat bog‘ida Qashqadaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda viloyat shaxmat federatsiyasi hamkorligida shaxmat bo‘yicha uyushmagan yoshlar o‘rtasida "Sportni sev, sport bilan yasha!" shiori ostida 6-11 yoshli bolalar va maktab o‘quvchilari o‘rtasida “SHAXMAT CUP-2021» musobaqasining viloyat final bosqichiga start berilgandi.

Qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tgan bahslarning yakuniy natijalariga ko‘ra musobaqa g‘olib va sovrindorlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:

1. Ramazonov Firdavs (Chiroqchi tumani);

2. Botirov Jahongir (G‘uzor tumani);

3. Toshpo‘latov Ibrohim (Kasbi tumani).

Qizlar o‘rtasida:

1. Baxtiyorova Shodiya (Shahrisabz shahri);

2. Eshmirzayeva Farangiz (Muborak shahri);

3. Jo‘rayeva Farida (Qarshi tumani).

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться