O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Senat raisi farg‘onalik yuzlab ayollar va yoshlar turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi

2021-04-30 | Jamiyat

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatining qator mahallalariga tashrif buyurdi.

Dastlab Qo‘shtepa tumani “Istiqbol” mahallasida xotin-qizlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularga moddiy va ma'naviy ko‘mak berish, bandligini ta'minlash, tomorqadan samarali foydalanish borasida olib borilayotgan jarayonlar bilan tanishish asnosida mahallada yashovchi Saodatxon Umarova, Matlubaxon Mirzaeva va Ma'muraxon Turg‘unova xonadonida bo‘ldi. Aytish lozimki, “Ayollar daftari”ga kiritilgan mazkur oilalarga mahalliy hokimlik tomonidan subsidiya ajratilib, issiqxonalar qurib berilgan.
 
Ayni paytda bu yerda bulg‘or qalampiri, bodring, pomidor mahsulotlari yetishtirilmoqda. O‘rganishlar davomida uy-joyga muhtoj, ehtiyojmand oilalar uchun mahalliy tadbirkorlar tomonidan qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan yangi uy-joylarni ko‘zdan kechirdi. Shu yerning o‘zida “Ayollar daftari”ga kiritilgan uch nafar xotin-qizlarga yangi uylarning kaliti topshirildi. Tumandagi “Abdul-hamid Abdurashid fayzi” MChJ tasarrufidagi yoshlar kooperatsiyasida 24 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlarga 30 sotixdan yer ajratib berilgan. Hozirgi kunda bu yerga ekilgan qovun-tarvuzlar yosh yer egalari tomonidan parvarishlanmoqda.
 
Senat raisi mazkur dala maydonlarida mehnat qilayotgan yoshlar bilan uchrashib, ularning orzu-maqsadlari bilan qiziqdi. Shuningdek, hududdagi “Fergana Global Textile” paxta-to‘qimachilik klasterida bo‘lib, ayollar bilan suhbatlashdi. Ayni vaqtda klasterda 1152 nafar xodim faoliyat yuritsa, ularning 498 nafarini ayollar tashkil etadi. Senat raisi shu kunning o‘zida tumandagi “Uniform Partner” MChJda faoliyat yuritayotgan 35 nafarga yaqin ayollar bilan uchrashib, ularning ish va oilaviy muammolarini tingladi.
 
Tashrif davomida viloyatning Toshloq tumanidagi Hunarmandlar markazi, “MarTash speso-dejda” va Zarkent qishlog‘ida joylashgan “Sarvinoz Mashhura Shod Dil” MChJlarda tashkil etilgan ish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, mazkur korxonalarda mehnat qilayotgan ayollarga yaratib berilgan shart-sharoitlar tahliliy o‘rganib chiqildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться