O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shaxmat: Javohir Sindarov O‘zbekiston chempioni, endi u Jahon kubogida ishtirok etadi

2021-04-30 | Sport

Shu yilning 16-29-aprel kunlari poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati Oliy liga musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Ikki hafta davomida 13 nafar mahoratli shaxmatchi mamlakat chempionligini qo‘lga kiritish uchun dona surishdi.

Musobaqa ishtirokchilarining 7 nafari xalqaro grossmeyster, to‘rttasi FIDE ustasi, bir nafari xalqaro toifadagi shaxmat ustasi ekanining o‘ziyoq mamlakat chempionatining nufuzi ancha yuqori ekanligini ko‘rsatib turibdi. Qolaversa, musobaqa g‘olibi FIDE Jahon kubogida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishi ham musobaqaga bo‘lgan qiziqishni oshirib yubordi.

Bahslar shveysarcha tartibda o‘tkazildi. Chempionatning mukofot jamg‘armasi 60 million so‘mni tashkil etib, ushbu summa dastlabki 8ta o‘rindan joy olgan shaxmatchilar o‘rtasida taqsimlandi.

Chempionatni ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan Javohir Sindarov 9 ochko bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarni 8,5 ochkodan jamg‘argan Jahongir Vohidov hamda Nodirbek Abdusattorovlar band etishdi. Faqat, qo‘shimcha koeffitsiyentlarga ko‘ra Vohidov 2-o‘rinni egalladi. 8 ochko jamg‘argan Nodirbek Yoqubboyev esa kuchlilar kvartetini yakunlab berdi.

O‘zbekiston chempionati yakunida 1-8-o‘rinlarni band etgan shaxmatchilar medal, diplom hamda 2 500 000 so‘mdan boshlab 20 000 000 so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanishdi.

Shaxmat. Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati.

Oliy liga, yakuniy o‘rinlar:

1. Sindarov Javohir – 9 ochko (20 000 000 so‘m),

2. Vohidov Jahongir – 8,5 ochko (12 000 000 so‘m),

3. Abdusattorov Nodirbek – 8,5 ochko (8 000 000 so‘m),

4. Yoqubboyev Nodirbek – 8 ochko (5 500 000 so‘m),

5. Vohidov Shamsiddin – 8 ochko (5 500 000 so‘m),

6. Jumayev Marat – 7,5 ochko (4 000 000 so‘m),

7. Saydaliyev Saidakbar – 6,5 ochko (2 500 000 so‘m),

8. Abdisalimov Abdimalik – 6 ochko (2 500 000 so‘m),

9. Abdurahmonov Muhammadali – 4 ochko,

10. Bekmurodov Xumoyun – 3,5 ochko,

11. Madaminov Muhiddin – 3 ochko,

12. Shermuhammadov Samandar – 3 ochko,

13. Raxmatullayev Olmos – 2,5 ochko.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться