O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hindistonning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
2021-04-29 | Texnologiyalar
Bugun 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Vazir Sh. Sodiqov Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv chogʻida axborot texnologiyalari, texnoparklar va innovatsiya markazlarini rivojlantirish hamda boshqarish, IT-taʼlim va eng yangi texnologiyalarini joriy etish masalalarining joriy holati va kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirishning harakatlar rejasi boʻyicha fikr almashildi.
Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha saʼy-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida tajriba almashish, hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi