O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hududlarda bolalar-o‘smirlar futbolidagi yutuq va kamchiliklar tahlil etildi

2021-04-28 | Sport

Kecha O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov raisligida hududlarda futbolni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklarlarni tahlil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududiy futbol assotsiatsiyalarining birinchi vitse-prezidentlari, Futbol mahorat maktablarining direktorlari hamda bolalar-o‘smirlar futboli bo‘yicha masʼul mutaxassislar o‘z hududida yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berishdi.

Hududlardagi futbol akademiyalari faoliyati, xususan yosh tarbiyalanuvchilar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, turli yosh toifasidagi O‘zbekiston terma jamoalari va klublar uchun futbolchilarni tayyorlab berish ko‘rsatkichlari tahliliy maʼlumotlar asosida muhokama etildi.

Unga ko‘ra hududlarda o‘tkazilayotgan bolalar, o‘smirlar va ommaviy futbol tadbirlarini nazorat qilish yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi, aksariyat murabbiylarning malakasi yetarli darajada emasligi, iqtidorli bolalarni aniqlash bo‘yicha seleksioner trenerlarni biriktirish ishlari juda sust ekanligi hamda musobaqa va mashg‘ulotlarda sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilishdagi kamchiliklar keskin tanqid qilindi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti tomonidan hududlarda terma jamoalar uchun mahoratli futbolchilarni yetishtirib berish, yoshlar tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratish, to‘g‘ri ovqatlanish, sifatli vitaminizatsiyani yo‘lga qo‘yish hamda musobaqalar va o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tahlilini olib borish zarurligi bo‘yicha masʼullarga topshiriq berildi.

Murabbiylarga esa qo‘l ostidagi tarbiyalanuvchilarning o‘yinidagi o‘sish va pasayish dinamikasini monitoring qilish va bu orqali aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar futbol mahorat maktablarida qurilish-rekonstruksiya ishlarini jadallashtirish, sifatli futbol maydonlarini barpo etish hamda yotoqxona va oshxonalarni zamon talablariga mos ravishda jihozlash bo‘yicha masʼullarga ko‘rsatma berildi.

Bularning barchasi yakunda ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarning yetuk mahoratli futbolchilar bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться