Bugun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida “Markaziy Osiyoda aholini zo‘ravon ekstremizmdan himoya qilish” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan kelgusi rejalar muhokamasiga doir uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unada Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati loyiha rahbari (GIZ) Katya Zetskorn, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash hamda Ichki ishlar vazirliklarining masul xodimlari ishtirok etib, loyiha bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘zdan kechirishdi.
Xususan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorlikda mahallalarda zo‘ravon ekstremizmni oldini olish bo‘yicha fuqarolar yig‘inlari xodimlari malakasini oshirishga qaratilgan tarqatma materiallar ishlab chiqish, trening mashg‘ulotlari tashkil etish, “Tengdoshga — tengdosh” tamoyili asosida olingan bilimlarni boshqa fuqarolar yig‘inlari xodimlariga ham targ‘ib qilish amaliyotini hayotga tatbiq etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, uchrashuv davomida kelgusida fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, dasturlarni ishlab chiqishda raqamlashtirish masalalariga alohida etibor qaratish, mobil ilovalar ishlab chiqish takliflari yuzasidan muhim fikrlar bildirib o‘tildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi