O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston maktabgacha taʼlim tizimiga Janubiy Koreya zamonaviy texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda

2021-04-27 | Ta’lim

Mamlakatimizning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan Janubiy Koreya - O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi (KUBA) delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida KUBA raisining birinchi o‘rinbosari Kim Chang Keon kecha O‘zbekiston maktabgacha taʼlimi vaziri Agripina Shin bilan uchrashdi

Tadbirda vazirlik tomonidan ilgari surilayotgan maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirish doirasida «Edu Link» taʼlim platformasini joriy qilish bo‘yicha loyihani bajarish masalalari muhokama qilindi.

Janubiy Koreya mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilayotgan «Edu Link» dasturining mazmuni va asosiy funksiyalari bo‘yicha qo‘shma tadbirlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Dastur yuzasidan videokonferensiyalar orqali muntazam tarzda munozaralar o‘tkazilayotgani mazkur loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun samarali hamkorlik tizimini shakllantirishga imkon berdi.

Vazirga loyihani tayyorlash va uni joriy yil 1-sentyabr kuni rasmiy tarzda ishga tushirish bo‘yicha tayyorgarlik va targ‘ibot rejalari to‘g‘risida maʼlumot berildi. Janubiy koreyalik sarmoyador loyiha O‘zbekiston mustaqilligining 30 yillik va ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 29 yillik sanalariga o‘ziga xos tuhfa bo‘lishini alohida taʼkidladi.

Muloqot chog‘ida, shuningdek, Toshkent shahrida Janubiy Koreya standartlari asosida oliy o‘quv yurti ochish, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida maktabgacha taʼlim muassasalarini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish va loyihani belgilangan muddatda ishga tushirish bo‘yicha ishchi guruhning tizimli faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться