O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzax viloyatida bir kunda 20 ta oilaviy mehmon uyi o‘z faoliyatini boshladi

2021-04-27 | Jamiyat

Turizm va sport vazirligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatining shahar va tumanlari bo‘ylab olib borilgan o‘rganishlar natijasida Zomin tumani, Duoba qishlog‘i mahalla binosida Vazirlik tashabbusi bilan hududiy boshqarma, tuman hokimligi, tuman davlat xizmatlari markazi, tuman soliq inspeksiyasi masʼul xodimlari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Targ‘ibot tadbirlari Jizzax viloyatining Forish tumanida joylashgan Yuqori Uxum, Mushkiybiron, Baxmal tumanidagi Mo‘g‘ol va Novqa Ota, G‘allaorol tumanining Xitoyuzi, Qipchoqsuv, Buloqboshi, Hamza hamda Alamli, jumladan, Zomin tumanidagi Qorong‘isoy, O‘riklisoy, Usmonlisoy, Yetti kechuv hamda Yangiobod tumanida joylashgan Xo‘jamushkent qishloq va mahallari aholisi orasida keng olib borildi.  

Sayyor qabulda oilaviy mehmon uylarini tashkil etish istagida bo‘lgan 20 nafar xonadon sohiblari shu joyning o‘zida tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularga oilaviy mehmon uylari va hostellar yagona reyestridan ko‘chirma hamda maxsus guvohnomalar topshirildi. Masʼullar tomonidan tashabbuskorlarga turizmni rivojlantirish, turizm xizmat turlarini ko‘paytirish va yaxshilash borasida tegishli tavsiyalar berilib, Vazirlikning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.  

Taʼkidlash joizki, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 631-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarning yuqori turizm salohiyatiga ega tuman va mahallalari bo‘ylab oilaviy mehmon uylarini tashkil etish jumladan, “Har bir oila-tadbirkor” dasturi asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda qo‘shimcha daromadni yo‘lga qo‘yishga doir targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться