O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namangan va O‘sh viloyatlari turizmni rivojlantirish borasida hamkorlik qiladi

2021-04-26 | Turizm

Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatini rivojlantirish jamg‘armasi direktori, turizmni rivojlantirish kengashi raisi o‘rinbosari Abdulqodir Aliyev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Namangan viloyatida bo‘ldi.

Ma’lumki, joriy yilning 11-12-mart kunlari kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning mamlakatimizga tashrifi hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha har ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari o‘rtasida o‘zaro hududlararo hamkorlik kelishuvlariga erishilgan edi.

O‘sh viloyati delegatsiyasidan joy olgan “GIZ” loyihasi koordinatori, “Osh Travel”, “Pamir-Alay”, “Destination Osh”, “EcoDom”, “Sanrays”, “Muzbulak Travel” kabi yirik turistik kompaniyalar rahbarlari tashrif doirasida Namangan viloyatida turizm sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari bilan “B2B” shaklidagi muzokaralarda ishtirok etdi. 

Biznes forum natijasida, Namangan viloyati turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi va O‘sh viloyatining turizmni rivojlantirish kengashi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Bundan tashqari, ikki viloyat turizm biznesi vakillari 20 dan ortiq o‘zaro shartnomaga imzo chekdi. Mazkur kelishuvlarda Namangan va O‘sh viloyatlari o‘rtasida sayyohlarni hududlararo jalb etish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.

Qirg‘izistonlik delegatsiya a’zolari tashrif munosabati bilan tashkil etilgan info-tur davomida Namangan viloyatidagi e’tiborga molik turistik maskanlarda bo‘ldi. Jumladan, Namangan shahridagi “Anamed” diagnostika markazi, Yoshlar ziyo maskani, “Afsonalar vodiysi” tematik parki, Chortoq tumanidagi Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohi mehmonlar e’tiborini tortdi.

Manba: O'zA

Поделиться