O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari Xo‘jandda uchrashdi

2021-04-26 | Siyosat

24-aprel kuni Xo‘jand shahrida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Bosh vaziri Koxir Rasulzoda boshchiligidagi hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Bosh vaziri Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasidagi ochiq, ishonchli va konstruktiv muloqot ikki tomonlama munosabatlarning ko‘p qirrali strategik sheriklikning yangi bosqichiga ko‘tarilishiga, do‘stlik muhitini mustahkamlashga va ikki qardosh xalq o‘rtasidagi o‘zaro tushunishga hissa qo‘shgani ta’kidlandi.

Tomonlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilda Tojikistonga bo‘ladigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish nuqtai nazaridan ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirishning keng doiradagi masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar davomida tomonlar tovar ayirboshlashni yanada oshirish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar, transport, aloqa va suv-energetika sohasidagi o‘zaro aloqalar, mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun potensial imkoniyatlarni ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyalarining uchrashuvi ochiq, do‘stona va o‘zaro ishonch ruhida o‘tdi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться