O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Umumiy (ingliz) huquq tizimining o‘ziga xos xususiyatlari

2021-04-26 | Siyosat

Forum doirasidagi “Umumiy (ingliz) huquq tizimining xususiyatlari” mavzuidagi sessiya munozaralarga boy bo‘ldi.

Dunyo bo‘ylab ingliz huquqining moslashuvchanligi, kirishimliligi va amaliyligi bilan ajralib turishi tadbirkorlik subektlari sababli o‘zlarining faoliyatlarida ingliz (umumiy) huquqi tizimini qo‘llashni afzal ko‘rishadi. Shu nuqtai nazardan, dunyo bo‘ylab shartnomalarning 60 foizidan ortig‘i ushbu tizimda amalga oshirilganligi ajablanarli emas.
 
Ingliz huquqining yuqorida belgilangan hamda yangi texnologiyalarni rivojlantirish bilan bog‘liq, masalan, kripto-valyutalar va boshqalar kabi yangi paydo bo‘layotgan “huquqiy muammolarni” bartaraf etishga tayyorligi bilan bog‘liq xususiyatlarini inobatga olgan holda, milliy qonunchilik bilan qamrab olinmagan ingliz huquqining ba'zi elementlarini implementasiyasini ko‘rib chiqish zarur hisoblanadi.
 
Shuni takidlash kerakki, O‘zbekistonning yangi siyosati asosiy maqsadi konstruktiv va o‘zaro manfaatli ko‘ptomonlama hamkorlik bo‘lgan ochiqlik tamoyiliga asoslanadi. Ingliz huquq tizimida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va ishbilarmon doiralarning O‘zbekistonda biznes yuritishga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotganligini hisobga olib, har bir investor uchun, ayniqsa, huquqiy sohada teng qulay sharoitlar yaratish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
 
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Tashkent Law Spring” II Xalqaro huquqiy forumining sessiyalaridan biri ingliz (umumiy) huquqi tizimining xususiyatlari masalalariga bag‘ishlangan.
 
Sessiya doirasida quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi:
 
·        nima uchun iqtisodiy islohotlar va O‘zbekistonda inglizcha umumiy yurisdiksiyani yaratish bir-biriga mos kelishi kerak;
 
·        nima uchun ingliz huquqidan foydalanish kerak: uchta asosiy sabablari;
 
·        ingliz huquqini implementasiya qilish va qo‘llashda sud hokimiyatining roli;
 
·        ingliz huquqining O‘zbekistonda qo‘llanilishi;
 
·        ingliz huquqini imlementasiya qilish va qo‘llash sohasidagi xorijiy tajriba;
 
·        nizolarni arbitraj yoki vositachilik yo‘li bilan hal qilish: inglizcha yondashuv.
 
Sessiyada yuqorida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha katta tajribaga ega xorijiy tashkilotlarning vakillari ishtirok etdi.
 
Mazkur sessiyada Buyuk Britaniyaning Slinn fondi prezidenti Ser Piter Gross moderatorlik qildi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirok etdi.
Sessiyada spiker sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi ser Suma Chakrabarti, Buyuk Britaniya adliya vaziri lord Devid Vulfson, To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar jamg‘armasi rahbari, investisiyalar va tashqi savdo vaziri maslahatchisi Otabek Nazirov, Buyuk Britaniya Yuqori sudi bo‘limi vise-prezidenti ser Jeyms Dingemans, Buyuk Britaniyalik qirollik advokati va xalqaro yurist Havar Kureshi, advokat, arbitr, mediator, Arbitrlar oliy instituti a'zosi Maykl Patchett Joys va boshqalar ishtirok yetdilar.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться