O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning Isroildagi turizm brendi elchisi yurtimiz sayyohlik salohiyatini keng targ‘ib qilmoqda

2021-04-26 | Madaniyat

Turizm elchisi tashrif davomida mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini Isroilda keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilib, targ‘ibot materiallarini tayyorlamoqda. Tasvirga olish jarayonlari poytaxtning “Hazrati Imom” va “Tashkent city” majmualarida boshlanib, viloyatlarda davom etdi.

Hay Davidov Samarqand viloyatida qadimiy obyektlar, jumladan “Registon” maydonida tasvirga olish ishlarini amalga oshirdi. Shu kuni Hay Davidov “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetida ham bo‘lib, Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomon hamkorligida turizm sohasini yanada rivojlantirish hamda keng targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishga kelishildi. O‘zbekistonning Isroildagi turistik brend elchisi tomonidan universitetda “Isroilning sayyohlik salohiyati hamda Isroilda O‘zbekiston turizmi targ‘iboti” mavzusida ma’ruza qilindi, pedagog va talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi. 

Hay Davidov shuningdek, Buxoro viloyatiga ham tashrif buyurib, viloyat hokimi Botir Zaripov bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomon turizm sohasi mas’ullari oldida turgan qator taklif va rejalar muhokama qilindi. Hay Davidov yahuniylar masjidini ziyorat qildi hamda “Poyi Kalon” bo‘ylab tasvirga olish ishlarini amalga oshirdi. 

Mehmonlar tashrif davomida mamlakatda turizm sohasi rivoji yo‘lida o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari, hunarmandchiligi, madaniyati va san’ati, qadimiyligini yuqori baholab, mahalliy aholining mehmondo‘st va samimiyligi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi. 

Ma’lumot o‘rnida: taniqli aktyor, “Handa” teatrining badiiy rahbari Hay Davidov 2018-yilda O‘zbekistonning Isroildagi turizm brendi elchisi etib tayinlangan bo‘lib, mamlakatimiz turizm salohiyatini rivojlantirish, soha nufuzini oshirish hamda Isroil jamoatchiligi orasida mamlakatimizning sayyohlik imkoniyatlarini tanitishda faol ishtirok etib kelmoqda. Uning tashabbusi bilan O‘zbekiston haqidagi turli hujjatli filmlar suratga olinib, Isroil milliy telekanallari orqali  namoyish etilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться