O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari uchrashuvi

2021-04-26 | Siyosat

2021-yilning 24-aprel kuni Xo‘jand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirli A.Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri K.Rasulzoda boshchiligidagi hukumat delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasidagi ochiq va konstruktiv muloqot ikki tomonlama aloqalarni ko‘p vektorli strategik sheriklikning yangi bosqichiga chiqishiga, ikki qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamfikrlik muhitini mustahkamlashga hissa qo‘shgani qayd etildi.

Tomonlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilda Tojikistonga uyushtiriladigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish nuqtai nazaridan ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralar chog‘ida tovar aylanmasini yanada rivojlantirish uchun salohiyatli imkoniyatlar, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar, transport-kommunikatsiya va suv-energetika sohalarida hamkorlik qilish, mintaqalararo aloqalarni yanada rivojlantirish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyalarining uchrashuvi ochiqlik, do‘stlik va hamfikrlik ruhida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot xizmati

Поделиться