O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Maktabgacha ta’lim bo‘limi endi yangi, zamonaviy binoda faoliyat yuritadi
2021-04-26 | Ta’lim
Buxoro viloyati Peshko‘ tumanidagi maktabgacha talim bo‘limi tomonidan tumandagi yosh avlod talim-tarbiyasida salmoqli ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, Maktabgacha talim bo‘limi uchun alohida bino mavjud emas edi.
bugungi kunda tumanda 40 ta davlat maktabgacha talim tashkiloti, 1 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 2 ta davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha talim tashkiloti va 53 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda.
2019-yilda tuman markazidagi Amir Temur ko‘chasida «Oriyent xaus stroy market» MCHJ tomonidan Maktabgacha talim bo‘limi binosi qurilishi boshlangan edi. Binoning qurilishi uchun davlat byudjetidan 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ ajratildi. Bugun esa Maktabgacha talim bo‘limi binosi zamonaviy ko‘rinishda qad rostladi.
Maktabgacha talim bo‘limining yangi binoda faoliyat boshlashi munosabati bilan ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi, tuman hokimligi masullari, hudud aholisi qatnashdi. Quruvchilarga ananaga muvofiq to‘n kiydirildi.
Manba: O'zA