O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Janubiy Koreyaning yetakchi advokatlik idorasi bilan O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy xizmatlar ko‘rsatishga oid memorandum imzolandi

2021-04-26 | Siyosat

O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi, Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi va Kyondju shahar “Madjubom” advokatlik idorasi o‘rtasida memorandum imzolandi

Ushbu idora Kyondju shaxridagi eng nufuzli yuridik kompaniyalardan biri bo‘lib, uning faoliyati xorijiy fuqarolarga, ayniqsa, MDH davlatlaridan kelgan mehnat muhojirlariga huquqiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.

Hujjatni imzolash marosimida mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi Agentligi vakolatxonasi xodimlari hamda Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi vakillari ishtirok etdi.

Memorandumdan ko‘zlangan maqsad Kyondju shahri va unga yaqin bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari gavjum yashaydigan hududlarda vatandoshlarimizga advokatlik xizmatlari ko‘rsatish, huquqiy yordam va maslahatlar berish, viza va boshqa huquqiy masalalarda ko‘maklashishda hamkorlik qilishdan iboratdir.

Tadbirda Janubiy Koreyada vaqtincha mehnat faoliyati olib borayotgan va oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonliklarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga huquqiy va ma’muriy masalalarda yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться