O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Boks: yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati qahramonlari tantanali kutib olindi

2021-04-25 | Sport

Xabaringiz bor, 13-23 aprel kunlari Polshaning Kelse shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik yosh bokschilar ham ishtirok etib, yurtimizga 10ta medal' bilan qaytadigan bo‘lishdi.

Ushbu jahon chempionati o‘zbek boksi tarixida yangi sahifa ochganligi bilan ahamiyatlidir. Musobaqaning qizlar o‘rtasida -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nigina O‘ktamova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratgan holda, bokschi qizlarimiz orasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk sportchiga aylandi. Bungacha qizlarimiz hech qachon jahon chempionatlarida bunday natija qayd eta olishmagan. Yigitlarimizdan esa Shahzod Muzaffarov (-52 kg) hamda Jahongir Zokirov (+91 kg) oltin medalga sazovor bo‘lishdi.
 
Jahon chempionati qahramonlari bugun tunda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Kutib olish marosimida Turizm va sport vazirining o‘rinbosari Avazjon Karimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Aziz Kamilov, MOQ raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov hamda federatsiya rahbariyati, sportchilarning oila a'zolari va yaqinlari, muxlislar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
 
Eslatib o‘tamiz, musobaqa davomida O‘zbekiston terma jamoasi 3ta oltin, 1ta kumush va 6ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
 
Biz ushbu g‘alaba bilan yosh bokschilarimizni muborakbod etgan holda ularga hamisha zafarlar yor bo‘lishini tilaymiz.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться