O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vatanga qasamyod marosimida yigitlarga Prezident sovg‘asi va qo‘mondon tabriknomasi topshirildi

2021-04-25 | Xavfsizlik sohasi

2021-yil muddatli harbiy xizmatni Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlarida o‘tash uchun kelgan 900 nafarga yaqin yoshlar Vatanga qasamyod qabul qildi.

Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati O‘zAga xabar berdi.

25-aprel kuni shu munosabat bilan Nukus garnizonidagi harbiy qismlarning birida o‘tgan tantanali tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi rahbariyati, Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etdi.

Tantanali marsh sadolari ostida maydonga Jangovar bayroq va Mudofaa vazirligi bayrog‘i olib kirildi.

Shundan so‘ng yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilar karantin qoidalari va ijtimoiy masofalanish tartiblariga rioya etgan holda ona yurtimizning sarhadlarini, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini so‘nggi nafasi qolguncha himoya qilishga ont ichib, Vatanga qasamyod qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat madhiyalari yangradi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farhodjon Shermatov O‘zbekiston Respulikasi mudofaa vazirining askarlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Aytish joizki, Vatanga qasamyod har bir vatanparvar, yurtsevar yigitning o‘z Vatani va xalqiga bo‘lgan mehru muhabbati, sadoqatining yorqin ifodasidir.

Ta’kidlash joizki, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida yurtimizda karantin qoidalari kuchaytirilgani sabab, tantanali tadbirda muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok eta olmadi. Shu munosabat bilan qo‘mondon askarlarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etmagani uchun yigitlardan hafa bo‘lmaslikni so‘radi.  

Shuningdek, so‘zga chiqqanlar yigitlarni hayotida bir marta bo‘ladigan unutilmas kun munosabati bilan tabriklab, ularga yuksak ishonch bildirishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining askarlarga sovg‘asi sifatida taqdim etilgan “O‘zbekiston tarixi” va “Temur tuzuklari” kitoblari yigitlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga zamin yaratadi. Har bir askarga Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonining yo‘llagan nomma-nom tabriknomasi, askarlarda Vatanga qasamyod marosimi haqida iliq taassurotlarning bir umrga muhrlanishini ta’minladi.

Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazining harbiy orkestri jamoasi tomonidan milliy kuy va qo‘shiqlar tantanaga bayramona ruh bag‘ishladi.

Tantanali tadbirdan so‘ng or-nomusini o‘rtaga qo‘yib, qasamyod qilgan askarlar sharafiga bayramona dasturxon yozildi.

Manba: O'zA

Поделиться