O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Viloyat hokimi Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi

2021-04-24 | Xavfsizlik sohasi

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi, Rossiya qahramonlari assosiasiyasi prezidenti Vladimir Shamanov boshchiligidagi delegatsiya Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya tarkibida kosmonavt, ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni Vladimir Jonibekov va kosmonavt, Rossiya Federatsiyasi Qahramoni Solijon Sharipov ham bor.
 
Rossiyalik mehmonlar “Chehra” restoran–majmuasida viloyat sektor rahbarlari, yoshlar, harbiylar, madaniyat va san'at sohasi xodimlari, keng jamoatchilik vakillari hamrohligida kutib olindi. 
 
Uchrashuv avvalida mehmonlarga viloyatda olib borilayotgan tub islohotlar xususida ma'lumot berildi. Xorijiy mamlakatlar, jumladan, Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
 
Ta'kidlash joizki, ayni paytda viloyatda Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan 27 ta korxona faoliyat yuritmoqda. O‘tgan 2020-yil davomida Sirdaryo viloyatining Rossiya Federatsiyasi bilan tashqi savdo aylanmasi 159,7 million dollarga yetdi, shundan 34,9 million dollar eksport va import 124,8 million dollarni tashkil etdi. 
 
O‘tgan yillar davomida viloyat delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga bir necha bor tashrif buyurgan. Xususan, 2018-yil 8-13 oktabrda viloyat vakillari Rossiya Federatsiyasida bo‘lib, umumiy qiymati 474 million dollarlik investisiya va savdo kelishuvlariga erishildi. Shuningdek, 2019-yil 10-16 noyabrda sirdaryoliklardan iborat delegatsiya Moskva, Ivanov, Tomsk viloyatlari va Oltoy o‘lkasiga tashrif buyurib, umumiy qiymati 14,9 million dollar bo‘lgan investisiya va savdo shartnomalarini imzoladi.
 
Delegatsiya a'zolari prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida O‘zbekistonda qisqa vaqt mobaynida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga yuqori baho berdi. Shuningdek, aloqalarni mustahkamlash, barcha sohada jadal rivojlanib borayotgan O‘zbekiston - Rossiya hamkorligini yanada kengaytirish xususida fikr bildirgan mehmonlar, o‘z navbatida, delegatsiyaning viloyatga tashrifi yuqori darajada tashkil etilgani uchun minnatdorlik izhor etdi.
 
Tantanada yillar davomida unutilmay kelinayotgan harbiy va do‘stlik mavzusidagi qo‘shiqlar ijro etildi.
 
Milliy libos va qadriyatlarimiz namoyish etildi. Viloyat madaniyat xodimlarining konsert dasturi taqdim etildi.

Manba: Sirdаryo vilоyati hоkimligi

Поделиться