O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQShning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi bilan uchrashuv
2021-04-23 | Siyosat
Joriy yilning 22-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi moliya vaziri Timur Ishmetov va AQShning O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Daniel Rosenblum bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Daniel Rosenblumga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” PF-6207-son Farmoniga asosan O'zbekistonda kapital bozorini rivojlantirish bo’yicha so’nggi islohotlar va istiqboldagi rejalar bo’yicha axborot berildi.
Kapital bozorini rivojlantirish iqtisodiyotni uzoq muddatli moliyaviy resurslar bilan ta'minlashi va barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashga qaratilgan makroiqtisodiy siyosatning eng muhim elementi ekanligi ta’kidlandi. Yig'ilishda, shuningdek, kapital bozorini rivojlantirish uchun AQSh hukumatining texnik yordami bo’yicha asosiy yo’nalishlar kelishib olindi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi