O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

2021-04-23 | Siyosat

Bugun O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatning o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboeva yalpi majlisni ochiq, deb elon qildi. Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilyotgan yalpi majlisda qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
 
«O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi, «Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi, «Fazoviy ma'lumotlar to‘g‘risida»gi, «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi, «Psixiatriya yordami to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya, ikkinchi tomondan, o‘rtasida sherikchilikni ta'sis etuvchi sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Toshkent, 2019-yil 31-oktyabr) ratifikasiya qilish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidan.
 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2020-yildagi faoliyati, Bosh prokurorning prokuratura organlarining 2020-yildagi faoliyati, Markaziy bank boshqaruvi raisining Markaziy bankning 2020-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari eshitilishi nazarda tutilgan.
 
Shu bilan birga, mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash holati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish masalasi muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
 
Qolaversa, aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashdagi muammolar, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlarining amaldagi faoliyati va ularning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari va boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi. 

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться