O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tojikiston Elchisi bilan uchrashuv
2021-04-22 | Siyosat
2021-yilning 22-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sodiq Imomiyni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan qabul qildi.
Vazir ikki mamlakat o'rtasidagi konstruktiv hamkorlikni izchil rivojlantirishda Elchining shaxsiy hissasini alohida qayd etdi.
Bo'lib o'tgan suhbat chog'ida O'zbekiston-Tojikiston do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari, shuningdek oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlar ijrosi ko'rib chiqildi.
O'z navbatida, Sodiq Imomiy Tojikistonning O'zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbari sifatidagi faoliyatida unga har tomonlama ko'mak berilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi