O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi

2021-04-22 | Madaniyat

Joriy yilning 21- aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Unda, Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Mamadaliyev Odiljon Toirovich, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, i.f.d. professor G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchilari va “Iqtisodiyot” yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi. 

Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i O. Mamadaliyev tadbir ishtirokchilarini qo‘mita faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida milliy statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar” mavzusida taqdimot qildi. 

Shuningdek, tadbir davomida universitet o‘qituvchilari va talabalari o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob olishdi. Davra suhbati yakuni bo‘yicha tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga va bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borishga kelishib oldilar. 

Ma'lumot uchun: Davlat statistika qo‘mitasi statistik ma'lumotlardan foydalanuvchilarning keng doirasi, shu jumladan respublikaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan sohaga doir dolzarb mavzularda muntazam ravishda “Davra suhbatlari” o‘tkazib kelmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Поделиться