O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Aholini uy-joylar bilan ta'minlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyati” mavzusida ochiq muloqot

2021-04-20 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 20-aprel kuni “Aholini uy-joylar bilan ta'minlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyati” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Oliy Majlis Senati, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi Markaziy banki, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, xalq ta'limi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi mas'ul vakillari ishtirok etishdi.
 
Joriy yilda respublikamizda 54 ming oilalarni uy-joy bilan ta'minlash uchun davlat Ipoteka dasturi doirasida jami 45 mingta yoki shtgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘p uy qurish va aholiga yangi tartibdagi ipoteka kreditlarini ajratish rejalashtirilgan. Bu borada tegishli vazifalarni amalga oshirish yuzasidan davlatimiz rahbari tomonidan bir qancha farmonlar va Vazirlar Mahkamasining qarorlari belgilab qo‘yilgan.   
 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka kredit mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5886-son Farmoniga ko‘ra Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan aholi uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 25-martda “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qilingan. Shunga ko‘ra, Davlat byudjeti hisobidan subsidiyalar to‘lash tizimi joriy etildi. Bunda:
- tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari rahbarligida subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha Komissiyalar to‘liq tashkil etildi va ularning faoliyati muvofiqlashtirildi;
 
- dastlab Davlat xizmatlari agentligi tomonidan yaratilgan dasturiy ta'minotga 10 ta mas'ul tashkilotlarning (shahar) tumanlardagi quyi (2100 ta) tashkilotlarini ulanishi ta'minlandi;
 
- subsidiya to‘lanishi jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish yuzasidan Moliya vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari bilan tizimli ish tashkil etildi ;
 
- vazirlikning mas'ul xodimlari tomonidan hududlarda (Andijon, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax) 10 ta mas'ul tashkilotlarning (shahar) tumanlardagi ishchi xodimlariga ipoteka krediti uchun to‘lanadigan subsidiyani ko‘rib chiqish yuzasidan amaliy seminarlar tashkil etildi.
 
Shuningdek, Moliya vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi va vazirlikning mas'ul xodimlari tomonidan 10 ta mutasaddi tashkilotlarning (shahar) tumanlardagi ishchi xodimlariga subsidiyani ko‘rib chiqish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tashkil etilgan ijtimoiy telegramm “PKM-182 Subsidiya” kanali (1548 ta a'zo) orqali ularning savollariga mutaxassislar tomonidan kunlik maslahatlar berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
 
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarorining 7-bandi ijrosi bo‘yicha vazirlikning mutaxassislari tomonidan “Uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni ballar asosida baholash dasturiy ta'minot tizimi” ishlab chiqildi.
 
Dasturiy ta'minot, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilish masalalari to‘liq yakunlanib, bugungi kunda aholidan ariza qabul qilish va ularni baholash to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizim orqali amalga oshirilmoqda.
 
Shunga ko‘ra, fuqarolar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yil davomida bir marta mustaqil ravishda ariza to‘ldiradi.
 
Ushbu ariza to‘ldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida quyida keltirilgan mas'ul tashkilotlarga, ya'ni tibbiyot birlashmasi, ichki ishlar bo‘limi, moliya bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi, tuman (shahar) hokimligi hamda ishtirok etuvchi tijorat banklariga belgilangan tartibda baholash uchun elektron tarzda yuboriladi.
 
Yuborilgan arizalarni mas'ul tashkilotlar besh ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini, taqdim etilgan hujjatlar asosida, tashkilotlarda mavjud ma'lumotlar bazasi bilan solishtirgan holda o‘rganib chiqab, komissiyaga taqdim etadi.
 
Komissiya ikki ish kuni mobaynida talabgorlarni aniqlash bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar va mas'ul tashkilotlarning baholash natijalarini o‘rganib chiqib, subsidiya berish yoki rad etish to‘g‘risida xabarnoma beradi.
 
Hozirda elektron arizalarning 9 584 tasi mas'ul tashkilotlar tomonidan o‘rganish jarayonida, 6 142 tasi subsidiya tayinlash komissiyasiga kiritilgan, shundan:
 
- 3 762  tasi komissiya tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida;
 
- 1 360 ta arizalar tegishli mezon talablariga javob bermaganligi sababli rad etilgan;
 
- 1 020  ta ariza bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan.
 
O‘tgan 2020-yildan joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashning yangi tartibi doirasida uy-joy qurilishi, ipoteka kreditlari ajratilishi va subsidiyalar to‘lanishi mexanizmlarini takomilashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6186-son Farmoni qabul qilindi.
 
Ushbu Farmonga ko‘ra:
 
- endilikda fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badal qishloq va shahar joylarda bir xil etib
 
sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 15 foizi miqdorida, shuningdek uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar uchun
 
Davlat byudjetidan uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiyalar ajratilishi belgilandi;
 
- 2021-yil uchun sotib olinadigan kvartira maydonining eng ko‘p me'yori hamda shahar, qishloq joylarda va Toshkent shahrida uy-joylarning hisoblangan qiymatlari o‘rnatildi;
 
- yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kreditlar ajratish tartibi respublikaning barcha hududlarda joriy etildi.
 
- yakka tartibdagi uy-joylar qurib bitkazilgandan so‘ng, keyingi oydan boshlab, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalar uchun ipoteka kreditlari foiz stavkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratiladi;
 
- mahalliy hokimliklarga va Qurilish vazirligiga yer ajratilishi va qurilishni sifatli olib borilishi yuzasidan aniq vazifalar yuklandi.
 
Jumladan, Farmonda belgilanganidek, ko‘p kvartirali uy-joylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarning qishloq joylarida (shaharlarga va tuman ma'muriy markazlarga tutash hududlarda) quriladi. Bu kvartiralar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar, shuningdek xotin-qizlar sotib olingan uy-joylarga davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibiga muvofiq joylashtiriladi.
 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6186-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar to‘lashning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi. Bunda:
 
subsidiya olish uchun arizalar yil davomida topshirilishi mumkin;
 
ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadi kam bo‘lsa, yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin;
 
ariza beruvchidan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”
 
axborot tizimi orqali olish mumkin bo‘lgan hujjatlarni (ma'lumotlarni) talab qilish man etiladi;
 
ariza topshirgandan so‘ng, subsidiya xabarnomalarni berish muddati
 
7 kungacha qisqartiriladi va to‘liq avtomatlashtiriladi;
 
subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomalar ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.
 
Farmon bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlar doirasida 2021-yilda yangi tartib doirasida 33 114 ta uy-joy uchun, jumladan shaharlarda – 17 354 ta kvartira, qishloqlarda – 9 260 ta kvartira va 6 500 ta yakka tartibdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.
 
Shuningdek, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj va daromadi yuqori bo‘lmagan 23 460 nafar fuqaroga Davlat byudjetidan 960,4  mlrd. so‘m subsidiya ajratish belgilangan.
 
Hozirda Moliya vazirligi tomonidan yangi tartib doirasida aholiga ipoteka kreditlari ajratish maqsadida tijorat banklariga 2020–2021 yillarda jami 2 968 mlrd. so‘m (2020-yilda 1 778 mlrd. so‘m va 2021-yilda 1 190 mlrd. so‘m) resurslar joylashtirildi. Ushbu resurslar hisobidan tijorat banklari tomonidan 2021 yil 1 aprel' holatiga aholiga jami 2 533 mlrd. so‘mlik (2020-yilda 1 746 mlrd. so‘m va 2021-yilda 787 mlrd. so‘m) ipoteka kreditlari berildi.
 
Ushbu resurslar hisobidan tijorat banklari tomonidan 2021-yil 19-aprel holatiga 12 138 nafar fuqaroga jami 2 638 mlrd. so‘mlik (2020-yilda 1 747 mlrd. so‘m va 2021-yilda 891 mlrd. so‘m) ipoteka kreditlari ajratildi.
 
2021-yil uchun uy-joyning hisoblangan qiymati – qishloq joylarida 280,0 mln. so‘m, shaharlarda 364,0 mln. so‘m, Toshkent shahrida 399,0 mln. so‘m, bir qarz oluvchiga ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori qishloq joylarida 238 mln. so‘m, shaharlarda 309,4 mln. so‘m, Toshkent shahrida 339,1 mln. so‘m, dastlabki badalning bir qismi uchun subsidiyalarning eng ko‘p miqdori – qishloq joylarida 28,0 mln. so‘m, shaharlarda 36,4 mln. so‘m, Toshkent shahrida 39,9 mln. so‘m qilib belgilab berilgan edi.  
 
2020–2021 yillarda shaharlarda va qishloq joylarda daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ularning ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 3 750 nafar oilalarga Davlat byudjetidan 126 mlrd. so‘mlik subsidiyalar to‘lab berildi.
 
Davlat byudjetidan yangi tartib doirasida daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga 2020-yil dasturi doirasida 2021-yilda 3 226 ta oilalar uchun 60 mlrd. so‘m subsidiya to‘langan bo‘lib, boshlang‘ich badal uchun 14 mlrd. so‘m, foiz to‘lovi uchun 46 mlrd. so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.
 
Shundan, birgina joriy yilda 583 nafar oilalarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining bir qismini qoplash uchun 14 mlrd. so‘m va 755 nafar oilalarga ipoteka krediti foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 11 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.
 
Shuningdek, Prezident Farmonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ijtimoiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, kompensasiya, subsidiyalar va davlat tomonidan taqdim etiladigan boshqa imtiyozlarni adolatli taqsimlash hamda ulardan samarali foydalanish maqsadida hududlarda senatorlar, deputatlar va jamoat faollari ishtirokida “Xalqparvar” komissiyalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullangan.
 
“Xalqparvar” komissiyaning roli muhimligini hisobga olib, Oliy Majlis Senati Kengashining 2021-yil 15-martdagi KQ–203-IV-sonli qarori bilan uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishga doir ustuvor vazifalarning amalga oshirilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazorati o‘rnatilib, Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari huzuridagi “Xalqparvar” komissiya namunaviy tarkibi hamda namunaviy Nizomi tasdiqlandi.
 
“Xalqparvar” komissiyalariga mahalliy hokimliklar hamda mas'ul davlat idoralarining uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ajratish, qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hamda mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa ma'muriy to‘siqlarning oldini olishga qaratilgan aniq choralarni amalga oshiradi.
 
Shu bilan birga, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirliklariga “Xalqparvar” komissiyalarini tashkil etish va ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda xalq deputatlari Kengashlariga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.
 
“Xalqparvar” komissiyalar faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha quyidagilarga e'tibor qaratilishi maqsadga muvofiq. 
 
Jumladan, Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan “Xalqparvar” komissiyalarga:
 
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida ajratilgan subsidiyalar to‘g‘risida ma'lumotlar;
 
boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan hamda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ijara xarajatlarining bir qismini qoplash uchun pul kompensasiyasini to‘lash to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etib borilishi kerak.
 
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar, shu jumladan xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun 1 000 ta kvartira uy-joylarni sotib olish hamda muhtoj fuqarolarni davlat uy-joy fondidagi turar joylarga ijara asosida joylashtirilishi bo‘yicha ma'lumotlarni komissiyaga taqdim etib borishni tashkil etishi so‘raladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться