O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qirg'iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi
2021-04-20 | Xavfsizlik sohasi
Joriy yilning 20-aprel kuni Qirg'iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari O. Urmambetov boshchiligidagi delegatsiya O'zbekiston Respublikasiga amaliy tashrif bilan keldi.
Tashrif davomida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatining qirg'izistonlik hamkasblar bilan rasmiy uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv chog'ida tomonlar ikki tomonlama idoralararo hamkorlik masalalarini muhokama qildilar, jumladan, kasbiy tajriba almashishni faollashtirish, kadrlar malakasini oshirish hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.
Qirg'izistonlik mehmonlar ichki ishlar organlarida olib borilayotgan islohotlar jarayoni, tizim faoliyatiga axborot texnologiyalarni joriy etilishining ijobiy natijalari, shuningdek, jinoyatchilikni kamaytirish hamda uning oldini olish borasidagi ishlar bo'yicha batafsil tanishtirildi.
Bundan tashqari, Qirg'iziston IIV delegatsiyasi tomonidan Toshkent shahar va Samarqand viloyati ichki ishlar organlarining faoliyati o'rganib chiqilishi rejalashtirilgan.
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi