O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryoda sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

2021-04-20 | Yoshlar

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Janubiy operativ qo‘mondonligi tasarrufidagi Termiz garnizonida joylashgan harbiy qism madaniyat markazida Surxondaryoyo viloyati hokimi To‘ra Bobolov boshchiligida sektor rahbarlari yoshlar bilan uchrashib, ularning taklif va g‘oyalari, duch kelayotgan muammolarini tingladi.

Unda Janubiy operativ qo‘mondonligi boshlig‘i polkovnik Po‘latjon Sativaldiev ham ishtirok etib, yoshlar o‘rtaga tashlagan masalalar yechimini topishda yaqindan yordam berdi.
“Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi” loyihasi doirasida tashkil etilgan bu galgi ochiq muloqot tamomila yangicha usulda o‘tkazildi.
 
Shuningdek, ochiq muloqotda ko‘tarilgan masalalarni tumanlardagi mas'ul rahbarlar va tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshliqlari videoselektor shaklida bevosita kuzatish imkoniyat ham yaratildi.
Viloyat hokimi yoshlarning murojaatlarini joyida o‘rganib, mutasaddilarga uni hal qilish uchun bir hafta muddat berdi. Ertamiz davomchilarini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash yuzasidan joylarda hokim vakillari ish olib borishi yo‘lga qo‘yilgan va u samarali ishlayapti.
 
– Tengdoshlarimiz duch kelayotgan haqiqiy muammolarni aniqlash uchun bizga katta ishonch bildirildi, – deydi viloyat hokimining Jarqo‘rg‘on tumanidagi ishonchli vakili Sarvar Ochilov. – Mana, bugungi uchrashuvda ikki yuzga yaqin yoshlarning taklif, g‘oya va muammolari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etiladigan bo‘ldi. Bu albatta ijobiy o‘sish, rivojlanish sari qadam.
 
 Shundan so‘ng uchrashuvga kelgan yoshlar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirilib, harbiy xizmatchilar tomonidan qo‘l jangi namoyishlari hamda zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalari hamda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan sport motosikllari, baggi rusumli sport avtomobili, velosipedlari, havo o‘q otar qurollari, modelchilik sport turining modellari va kartinglar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
 
Bundan tashqari tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi tomonidan tayyorlangan Yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash ko‘chma sinfi, Olis hududlarda yoshlar va aholi bilan targ‘ibot ishlarini olib borish hamda shaxsiy tarkibning dala o‘quv mashg‘ulotlarida madaniy hordiq olishi uchun tayyorlangan va harbiy texnikada joylashtirilgan ko‘chma dam olish targ‘ibot stansiya bazasi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
 
Tadbir davomida yoshlarga Termiz garnizoni harbiy orkestri tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar namoyish etildi.
 
III darajali serjant Akbar AXMEDOV, Termiz garnizoni

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться