Qiziriq tumanida viloyat hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda Qiziriq, Sherobod, Muzrobot, Jarqo‘rg‘on tumanlari va Termiz shahridan kelgan 170 nafardan ziyod fuqaroning turli masalalarga doir murojaatlari eshitildi.
Fuqarolardan tushgan ariza va murojaatlarning 41 foizi joyida hal qilindi. Vaqt va mablag‘ talab qiladigan murojaatlarni hal yetish uchun muayyan vaqt belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Viloyat hokimi To‘ra Bobolov fuqarolarni dardini eshitish jarayonida Qiziriq tumanidagi Gilambop mahallasida yashovchi oqsoqollar Chori Ochildiev, Safar Shukurov va boshqalar mahalla fuqarolari tomonidan o‘z tashakkurlarini aytishdi.
Mahalla ahli bejiz viloyat hokimiga minnatdorchilik bildirgani yo‘q. Chunki, Qiziriq tumanida o‘tkazilgan sayyor qabullarning birida mahalla ahli viloyat hokimiga qishloq yo‘llari va 4-umumta'lim maktabi binosini ta'mirlash va qishloqda yangidan uy qurgan aholi xonadonlariga elektr energiyasini o‘tkazish uchun simyog‘ochlar o‘rnatish bo‘yicha murojaat qilishgandi.
Viloyat hokimining amaliy yordami bilan qishloqdagi dolzarb masalalar o‘z yechimini topgan. Endi qishloqdagi aholi farzadlari uchun 100 o‘rinli bolalar bog‘chasi qurilishi boshlanadi.
Manba: Surхоndаryo vilоyati hоkimligi