O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qozog‘istonda sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi, erkin kurashchilarimiz umumjamoa hisobida to‘rtinchi bo‘lishdi

2021-04-19 | Sport

O‘tgan haftada Qozog‘istonning Olma-ota shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazildi. Musobaqada mamlakatimiz terma jamoalari ham munosib ishtirok etdi.

Osiyo chempionatining so‘nggi kunida erkin kurash bo‘yicha 5ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi maʼlum bo‘ldi. Quvonarlisi, ular safida o‘zbekistonlik sportchilar ham bor.

Katta tajribaga ega sportchimiz, Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Ixtiyor Navro‘zov o‘zining ilk bellashuvida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, lekin o‘tish bahsi orqali bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. O‘tish bellashuvida Janubiy koreyalik Li Syong Chuldan ustun kelgan Navro‘zov bronza medali uchun Turkmaniston terma jamoasi aʼzosi Atamirat Charliyevga qarshi gilamga tushdi va raqibini 5-0 hisobida mag‘lub etdi. Natijada hamyurtimiz bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Erkin kurash musobaqalarida -61 kg vazn toifasida Vatanimiz sharafini himoya qilgan terma jamoamiz aʼzosi Jahongirmirzo Turobov esa Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi. U finalda mezbon sportchi Adlan Askarovni 14-9 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bungacha Turobov chorak finalda yaponiyalik Shoya Shimae ustidan 5-2, yarim finalda Janubiy Koreya terma jamoasi aʼzosi Kim Sung Gvon ustidan 4-0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Taʼkidlash joiz, Osiyo chempionatida terma jamoamiz asosan ikkinchi tarkib sportchilari bilan ishtirok etdi. Jamoamizning Osiyo chempionatidagi yagona oltin medalini -61 kg vazn toifasidagi erkin kurashchimiz Jahongirmirzo Turobov qo‘lga kiritdi. Shuningdek, musobaqada hamyurtlarimizdan Sirojiddin Hasanov (70 kg) kumush, Rio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Ixtiyor Navro‘zov (74 kg) hamda Nodirjon Safarovlar (57 kg) qitʼa chempionatining bronza medaliga ega chiqishdi.

Shu tariqa Osiyo chempionatida erkin kurashchilarimiz umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egalladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться