O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazir o‘rinbosari ishtixon tumaniga tashrifi chog‘ida:
2021-04-19 | Jamiyat
Joriy yilning 16-aprel sanasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida tumandagi ijtimoiy - iqtisodiy muammolarni o‘rganish maqsadida video konferensiya shaklida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tumanlar aholisi bilan muloqot qilgan edi.
Muloqot davomida Ishtixon tumaniga ham so‘z berildi. Unda, Samarqand davlat universiteti talabasi Xurshida Rahmonova so‘zga chiqib, muhtaram yurtboshimizga o‘zining taklif hamda fikrlarini bildirgan edi.
Shu munosabat bilan bugun Ishtixon tumaniga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Marufova Gulnora Maxmudovna tashrif buyurdi.
Dastlab, G.Marufova Djumayeva Sayyora Arziyevna, Yavqocheva Nilufar Maxmudovnalar bilan birgalikda tumandagi "Chag‘atoy" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Xurshida Rahmonovaning xonadoniga tashrif buyurdi. Suhbat chog‘ida Xurshida nafaqat o‘zining, qishloqdagi xotin-qizlarning orzu-istaklari, intilishlari haqida vazir o‘rinbosari bilan suhbatlashdi.
G.Marufova talaba qiz Xurshidaning naqadar zehnli va shijoatli qiz ekanligini e’tirof etgan holda u bilan xayrlashib kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Keyingi yo‘nalish, tumandagi "Ravot" mahalla fuqarolar yig‘ini binosiga bo‘ldi. G.Marufova mahalla raisi hamda xodimlari bilan suhbat o‘tkazib, mahalladagi "Ayollar daftari" bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishdi.
Mehmonlar Ishtixon tumanidagi xotin-qizlarning bandlik masalasini o‘rganish maqsadida, "Maroqand Sifat Tekstil" MChJda bo‘lishib, tumandagi xotin-qizlarning ish faoliyati, ularni qiynayotgan muammolarini o‘rganishdi va zaruriy tavsilarni bergan holda ular bilan xayrlashdilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi