O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand viloyatining iqtisodiy rivojlanishini yanada rag‘batlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi

2021-04-19 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari bilan Davlat rahbari Samarqand viloyatiga 15-16 aprel kunlari amalga oshirgan tashrifi chog‘ida bergan ko‘rsatmalarining ijrosi doirasidagi ustuvor vazifalarni, shuningdek, viloyatda investitsiyaviy, sanoat va eksport faoliyatini yanada rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qildi.

Hududiy investitsiya dasturi ijrosi o‘rganildi – mutasaddi rahbarlarga tadbirkorlar oldida turgan muammoli masalalarni aniqlash va zudlik bilan ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida barcha tasdiqlangan loyihalar inventarizasiyasini o‘tkazish topshirildi.
 
Shuningdek, eng istiqbolli tarmoqlarda hudud sanoatini rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan yangi loyihaviy takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Samarqand viloyatida bunday tarmoqlar to‘qimachilik, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mashinasozlik, metallurgiya, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarini iboratdir. Mazkur tarmoqlar salohiyatidan samarali foydalanish qisqa vaqt ichida viloyat iqtisodiy ko‘rsatkichlarining sezilarli darajada oshishiga erishish imkonini beradi.
 
Shu bilan birga, ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish va yangi ish o‘rinlari yaratishni nazarda tutgan holda, ishlab chiqilgan loyihalarning barcha texnik-iqtisodiy parametrlarini, jumladan, yer, infratuzilma, kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyojni, shuningdek, ularni amalga oshirishdan kutilgan iqtisodiy natijalarni loyihaoldi tayyorgarlik bosqichida puxta tahlil qilish zarurligi ta'kidlandi.
 
Investitsiyaviy loyihalarning amaliy ijrosini jadallashtirish va o‘z vaqtida ishga tushirilishini ta'minlash maqsadida ularning tashabbuskorlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi mexanizm va manbalarini topish borasidagi sa'y-harakatlarni faollashtirish zarurligi ta'kidlandi.
 
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasining resurs va infratuzilma imkoniyatlarini tahlil etish, yangi “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash va yangi, ilg‘or innovasion texnologiyalar asosida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega yuqori texnologiyali mahsulotlar yaratishga qaratilgan hamda yuqori foyda keltiruvchi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish orqali EIZ salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish vazifalari ko‘rib chiqildi. Ichki va tashqi bozorlarda bunday mahsulotlarning ayrim turlariga bo‘lgan ehtiyojni xolisona baholanishi bir vaqtning o‘zida mahalliylashtirish darajasini oshirish, mahalliy korxonalar va aholining ommabop tovarlarga bo‘lgan talabini qondirish hamda eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish imkonini berishi qayd etildi.
 
Eksportchilar bilan tezkor ishlarni faollashtirishga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga hududning har bir eksportchisiga xodimlarni biriktirishni ta'minlash topshirildi. Mas'ullar vazifalariga joylarga bevosita chiqib, korxonalar faoliyatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni hal qilish bo‘yicha choralarni ko‘rish, shuningdek, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish uchun yangi imkoniyatlarni izlash kiradi.
 
Muhokama yakunida mutasaddi rahbarlarga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha muddatlari belgilangan aniq ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться